Umirov Asror Pardaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Muqobil energiya manbalari asosidagi energetik tizimlardan nasos stansiyalar samaradorligini oshirishda foydalanish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3332
Ilmiy rahbar: Urishev Bobaraim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldoshev Isroil Abrievich, texnika fanlari doktori, professor; Sadullaev Nasullo Nematovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muqobil energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalar va tizimlardan nasos stansiyalarda foydalanish samaradorligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyosh nurlanish energiyasining o‘zgarishi, nasosning chegaraviy bosimlari va suv berish unumdorligi, sug‘orish muddati, beriladigan suv hajmi hamda quvurlar tizimi parametrlarini hisobga olgan holda fotoelektrik nasos qurilmasining maksimal quvvatini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
fotoelektrik qurilmaning kun davomidagi o‘zgaruvchan quvvati qiymatlariga mos keluvchi nasos ish rejimini ishchi g‘ildirak aylanishlari chastotasini o‘zgartirish usuli bilan rostlash parametrlarini nasos statik bosimi o‘zgarishlarini hisobga olib aniqlashning grafoanalitik usuli ishlab chiqilgan;
nasosning foydali ish koeffisienti, statik bosimi, quvurlar tizimi o‘lchamlari va bosim yo‘qolishi qiymatlarini hisobga olgan holda, fotoelektrik qurilmaning o‘zgaruvchan quvvati qiymatlariga mos keluvchi nasos suv berish unumdorligining optimal qiymatlarini hisoblash imkonini beradigan matematik model ishlab chiqilgan;
quyosh va shamol energetik qurilmalari ishlab chiqargan elektr energiyasi asosida nasos qurilmasining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va ortiqcha energiya akkumulyasiyalanadigan lokal energetik tizimning funksional sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Muqobil energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalardan nasos stansiyalar samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quyosh nurlanish energiyasining o‘zgarishi, nasosning chegaraviy bosimlari va suv berish unumdorligi, sug‘orish tizimi uchun beriladigan suv hajmi,  sug‘orish muddatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan fotoelektrik nasos qurilmasi Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidagi “Fazliddin sifat chorva” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 12-iyuldagi №05/26-05/3411-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ekin maydonlarini sug‘orish uchun foydalanilayotgan nasos qurilmalariga sarflanayotgan yillik energiya miqdoriga nisbatan 2 barobar iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
energiya ehtiyoji quyosh va shamol energetik qurilmalari asosida qoplanadigan, ortiqcha energiya akkumulyasiyalanadigan lokal energetik tizimga ega bo‘lgan fotoelektrik nasos qurilmasi Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanidagi “Fazliddin sifat chorva” fermer xo‘jaligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 12-iyuldagi №05/26-05/3411-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tizim uchun sarflangan kapital xarajatlarning 4 yilda qoplanishiga hamda yillik 40 ming m3 gaz tejash va atmosferaga 64,15 tonna CO2 zararli gaz chiqishining kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish