Abrekova Nadjie Narimanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sul`fametoksazol va levofloksatsin asosidagi yangi antibakterial vositalarini ishlab chiqish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/K280.
Ilmiy rahbar: Sagdullaev Baxodir Taxirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyavitdinov Jamoliddin Fazliddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xidirova Nazira Qudratovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sul`fametoksazolni reaksion faol pektin hosilalari bilan kimyoviy modifikatsiyalash, levofloksatsinning polivinilpirolidon bilan komplekslarini olish, olingan birikmalarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini, mikroblarga qarshi faolligi va toksikologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sul`fametoksazol pektinning reaksiyaga kirishuvchan polial`degid hosilalari bilan kimyoviy modifikatsiya qilingan, sul`fametoksazolning pektin bilan olingan polimer hosilalari fizik-kimyoviy xossalariga rN muhit, dastlabki reagentlar nisbati, pektinning oksidlanish darajasi va reaksiya davomiyligining ta’siri aniqlangan;
ilk bor sul`fametoksazol-pektin va trimetoprim asosida kombinatsiyalangan, ta’siri uzaytirilgan, kam zaharli, mikroorganizmlarga qarshi «Sul`fapekt» kompozisiyasi ishlab chiqilgan;
polivinilpirrolidonning quyi molekulyar, mikroorganizmlarga qarshi vosita ‒ levofloksatsin bilan tarkibi va molekulyar massasi har xil bo‘lgan polimer komplekslari olingan;
ilk bor polivinilpirrolidon va levofloksatsin polimer kompleksi asosida samarali antibakterial ta’sirga ega va kam zaharli, mikroorganizmlarga qarshi vosita ‒ «Levodon» ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kimyoviy modifikatsiya yo‘li bilan sul`fametoksazol va levofloksatsin asosida polimer vositalar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bakteriyalarga qarshi ta’sirga ega bo‘lgan farmatsevtik kompozisiya uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 06523, 2019 y.). Natijada, sul`fametoksazol va pektin asosida eruvchan, polimer, ta’siri uzaytirilgan antimikrob vosita ishlab chiqish imkonini bergan;
ta’siri uzaytirilgan va antimikrob xossaga ega polimer kompleks uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 06622, 2021 y.). Natijada, levofloksatsinning polimer shaklini olish imkonini bergan.