Safarov Umidbek Akbarovichning
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘shilgan qiymatni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2209.
Ilmiy rahbar: Niyazmetov Islambek Masharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Boymurodov Sodiq Rozziqovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymatni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
soliqning to‘lov zanjiri uzlyuksizligini ta’minlash maqsadida sug‘oriladigan erlari 25 gektar va undan ortiq bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo‘shilgan qiymatni soliqqa tortish taklif etilgan;
qo‘shilgan qiymat soliq bazasini kengaytirish va uning yig‘uvchanlik salohiyatini oshirish maqsadida to‘liq ozod qilish shaklidagi har qanday imtiyozlash amaliyotini bosqichma-bosqich bekor qilish taklif etilgan;
qo‘shilgan qiymat soliqda keng tarqalgan “yo‘qolgan treyder” va “QQS karuseli” firibgarligini kamaytirish maqsadida mulkchilik shakli va tushumidan qat’i nazar soliq to‘lovchilarning barchasi uchun QQS bo‘yicha soliq davri va hisobot davrini bir oy qilib belgilash taklif etilgan;
qo‘shilgan qiymat soliq bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganlik haqida guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish tartibini bekor qilish orqali tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta’minlash lozimligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘shilgan qiymatni soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
soliqning to‘lov zanjiri uzlyuksizligini ta’minlash maqsadida sug‘oriladigan erlari 25 gektar va undan ortiq bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini qo‘shilgan qiymatni soliqqa tortish taklifi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-741-son qonuni bilan Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritishni ishlab chiqishda foydalanilgan (Soliq qo‘mitasining 2023 yil 07 fevraldagi 18/1-14096-sonli dalolatnomasi). Natijada, qo‘shilgan qiymat soliq bazasini kengaytirish va zanjiri uzlyuksizligini ta’minlash imkonini bergan;
qo‘shilgan qiymat soliq bazasini kengaytirish va uning yig‘uvchanlik salohiyatini oshirish maqsadida to‘liq ozod qilish shaklidagi har qanday imtiyozlash amaliyotini bosqichma-bosqich bekor qilish taklifi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-741-son qonuni ishlab chiqishda foydalanilgan va qonun asosida Soliq kodeksi 243-moddasi birinchi qismi 14-bandidan jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari xizmatlari uchun hamda 244-moddasi birinchi qismi 1-bandidan qiymati qat’iy summada belgilangan xizmatlar uchun ko‘zda tutilgan to‘liq ozod qilish tarzidagi imtiyozlar olib tashlashda foydalanilgan (Soliq qo‘mitasining 2023 yil 07 fevraldagi 18/1-14096-sonli dalolatnomasi). Natijada, imtiyozlarning bekor qilinishi QQS zanjirida yuzaga kelayotgan kaskad effektini bartaraf etish va soliq mexanizmini takomillashtirish imkonini bergan;
qo‘shilgan qiymat soliqda keng tarqalgan “yo‘qolgan treyder” va “QQS karuseli” firibgarligini kamaytirish maqsadida mulkchilik shakli va tushumidan qat’i nazar soliq to‘lovchilarning barchasi uchun QQS bo‘yicha soliq davri va hisobot davrini bir oy qilib belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-741-sonli Qonunida aks etgan bo‘lib, u asosida Soliq kodeksining 259-moddasi ikkinchi qismiga tegishli o‘zgartirish kritishda foydalanilgan (Soliq qo‘mitasining 2023 yil 07 fevraldagi 18/1-14096-sonli dalolatnomasi). Natijada, QQS komplaens tafovutini kamaytirish va bu soliq bilan bog‘liq turli xil soliq firibgarliklarini oldini olish hamda QQS ma’murchiligini soddalashtirishga xizmat qiladi;
qo‘shilgan qiymat soliq bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganlik haqida guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish tartibini bekor qilish orqali tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 4 sentyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023 yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-292-sonli Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 7 sentyabrdagi №11/1-01-12590-son dalolatnomasi). Natijada, tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta’minlash, QQS ma’murchiligi va biznes yuritishni soddalashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish