Asraev Muhammadmullo Abdullajon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Qo‘lyozma matni tasviri tahlili asosida shaxsni identifikatsiyalash algoritmlari”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4166
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Radjabov Sobirjon Sattorovich, texnika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Babomuradov Ozod Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, professor; Safarova Lola Ulmasovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘lyozma matni tasviri tahlili asosida shaxsni identifikatsiyalash algoritmlari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tasvirdagi qo‘lyozma so‘zini tashkil  etuvchi obektlarini inobatga olgan holda segmentatsiyalash algoritmi ishlab chiqilgan;
Hue momentlari asosida qo‘lyozma obektlari statistik belgilarini shakllantirish algoritmi ishlab chiqilgan;
shablonlar gistogrammasi asosida qo‘lyozma obektlari belgilarini shakllantirish algoritmi ishlab chiqilgan;
fragment bo‘yicha tahlil qilish asosida tuzilmaviy belgilarini shakllantirish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: qo‘lyozma matni tasviri tahlili asosida shaxsni identifikatsiyalash algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarni amaliy qo‘llanilishi quyidagilardan iborat:
Hue momentlari asosida qo‘lyozma obektlari statistik belgilarini shakllantirish algoritmi, fragment bo‘yicha tahlil qilish asosida  tuzilmaviy belgilarini shakllantirish algoritmi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasining ekspert-kriminalistika markazining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati hokimligining 2024 yil 19 yanvardagi 06-7/154-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarini qo‘llash qo‘lyozma ekspertizalarini o‘tkazish uchun sarflanadigan vaqtini o‘rtacha 14% ga qisqartirish imkonini bergan;
Hue momentlari asosida qo‘lyozma obektlari statistik belgilarini shakllantirish algoritmi, fragment bo‘yicha tahlil qilish asosida  tuzilmaviy belgilarini shakllantirish algoritmi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Farg‘ona viloyat davlat arxivining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati hokimligining 2024 yil 19 yanvardagi 06-7/154-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarini qo‘llash qo‘lyozma xujjatlarning ekspertizalarini o‘tkazish uchun sarflanadigan vaqtini o‘rtacha 15% ga qisqartirish imkonini bergan;  
tasvirdagi qo‘lyozma so‘zini tashkil etuvchi obektlarini inobatga olgan holda segmentatsiyalash algoritmi, shablonlar gistogrammasi asosida qo‘lyozma obektlari belgilarini shakllantirish algoritmi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Farg‘ona viloyati Furqat tumani davlat arxivining  amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati hokimligining 2024 yil 
19 yanvardagi 06-7/154-son ma’lumotnomasi) . Ilmiy tadqiqot natijalarini qo‘llash qo‘lyozma xujjatlar shaxsini tanib olishni o‘tkazish uchun sarflanadigan vaqtini o‘rtacha 15% ga qisqartirish imkonini bergan;
tasvirdagi qo‘lyozma so‘zini tashkil etuvchi obektlarini inobatga olgan holda segmentatsiyalash algoritmi, shablonlar gistogrammasi asosida qo‘lyozma obektlari belgilarini shakllantirish algoritmi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Farg‘ona viloyati Quva tumani davlat arxivining  amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati hokimligining 2024 yil 19 yanvardagi 06-7/154-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarini qo‘llash qo‘lyozma xujjatlarning ekspertizalarini o‘tkazish uchun sarflanadigan vaqtini o‘rtacha 17% ga qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish