Mirkamilov Miraziz Nodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Povishenie proizvodstvennogo potensiala  promishlennix predpriyatiy  Respubliki Uzbekistan (na primere SP AO “UZKABEL”)”, 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro'yhatga olingan raqam: B2021.I.PhD/Iqt87.
Ilmiy rahbar: Allaeva Gulchehra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko'rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Samatov Gaffor Allaqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kadirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi elektrotexnika kompleksi korxonalarining ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«O‘zkabel» AJ ishlab chiqarish samaradorligini yordamchi ishlab chiqarish va ta’minotni moliyalashtirishning mutanosibligiga ko‘ra oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ishlab chiqarish salohiyati darajasini va undan elektrotexnika sanoati korxonalarida foydalanish samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari tizimi asosida tashkiliy-huquqiy shaklni rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish uchun zaxiralarni aniqlash yondashuvi taklif etilgan;
umumiy salohiyatning alohida tarkibiy qismlari kattaligini, ularning salmoq (vazn) qiymatlari va ishlab chiqarish faoliyatida ehtimoliy risk darajasini hisobga olgan holda ishlab chiqarish salohiyatining prognoz qilinadigan rivojlanish darajasiga kompleks yondashuv nuqtai nazaridan taklif qilingan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishning iterativ mexanizmi taklif qilingan;
«O‘zkabel» AJning 2025 yilgacha ishlab chiqarish quvvatlaridan samaraliroq foydalanish va mahsulot nomenklaturasini kengaytirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elektrotexnika kompleksi korxonalarining ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
«O‘zkabel» AJ ishlab chiqarish samaradorligini yordamchi ishlab chiqarish va ta’minotni moliyalashtirishning mutanosibligiga ko‘ra oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifdan «O‘zkabel» AJ QKni istiqbolda rivojlantirish dasturini ishlab chiqshda foydalanilgan («O‘zeltexsanoat» Uyushmasining 2024 yil 5 fevraldagi 04-3/160-son ma’lumotnomasi va «O‘zkabel» AJ QKning 2024 yil 29 yanvardagi 1/53-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida «O‘zkabel» AJ qo‘shma korxonasida 2021 yilning birinchi yarim yilligida yordamchi ishlab chiqarish va ta’minotni moliyalashtirishning mutanosibligiga erishish hisobiga 125 million so‘m tejab qolinib, ichki investisiyalar imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
ishlab chiqarish salohiyati darajasini va undan elektrotexnika sanoati korxonalarida foydalanish samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari tizimi asosida tashkiliy-huquqiy shaklni rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish uchun zaxiralarni aniqlash yondashuvi «O‘zkabel» AJ QKni istiqbolda rivojlantirish dasturini ishlab chiqshda foydalanilgan («O‘zeltexsanoat» Uyushmasining 2024 yil 5 fevraldagi 04-3/160-son ma’lumotnomasi va «O‘zkabel» AJ QKning 2024 yil 29 yanvardagi 1/53-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi rivojlanish zaxiralarini aniqlash va asosiy vositalardan foydalanish samarador-ligini oshirishga ko‘ra 2020 yilning ikkinchi yarmida 2 milliard so‘m qo‘shimcha foyda olingan;
umumiy salohiyatning alohida tarkibiy qismlari kattaligini, ularning salmoq (vazn) qiymatlari va ishlab chiqarish faoliyatida ehtimoliy risk darajasini hisobga olgan holda ishlab chiqarish salohiyatining prognoz qilinadigan rivojlanish darajasiga kompleks yondashuv nuqtai nazaridan taklif qilingan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishning iterativ mexanizmi O‘zkabel» AJ QK faoliyatiga joriy qilingan («O‘zeltexsanoat» Uyushmasining 2024 yil 5 fevraldagi 04-3/160-son ma’lumotnomasi va «O‘zkabel» AJ QKning 2024 yil 29 yanvardagi 1/53-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy etilishi natijasida «O‘zkabel» AJ QKda texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqlikda korxona ishlab chiqarish faoliyatini optimallashtirishga qaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishning iteratsion mexanizmini joriy qilish 2021 yilning birinchi yarim yilligida ishlab chiqarish hajmining 0,8% o‘sishi hisobiga qo‘shimcha 127 mln so‘m foyda olishga imkon bergan;
«O‘zkabel» AJning 2025 yilgacha ishlab chiqarish quvvatlaridan samaraliroq foydalanish va mahsulot nomenklaturasini kengaytirish hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishning prognoz ko‘rsatkichlaridan «O‘zkabel» AJ QKning qisqa va o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqshda foydalanilgan («O‘zeltexsanoat» Uyushmasining 2024 yil 5 fevraldagi 04-3/160-son ma’lumotnomasi va «O‘zkabel» AJ QKning 2024 yil 29 yanvardagi 1/53-son ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishni kompleksli baholash, shuningdek, «O‘zkabel» AJ ishlab chiqarish salohiyatining qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarda o‘sishi asosiy prognoz ko‘rsatkichlarini hisobga olish hamda normal, inqiroz va inqirozdan keyingi sharoitlarda korxonani rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish orqali «O‘zkabel» AJ mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni 25% oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish