Alimuxamedov Dilshod Shavkatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jamoat va davolovchi ovqatlanish uchun ixtisoslashtirilgan mahsulotlarni tibbiy biologik asoslash», 14.00.07–Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib275.
Ilmiy maslahatchi: Shayxova Guli Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulebaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Koryo universiteti (Janubiy Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jamoat va davolovchi ovqatlanish uchun maxsuslashtirilgan mahsulotlarni tibbiy-biologik asoslashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soya oqsil izolyati bilan boyitgan yangi pishirilgan kolbasa mahsulotlari uchun texnik shartlar va texnologik yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan hamda ularning organoleptik, fizikokimyoviy va biologik xususiyatlari asoslangan;
qadoqlangan «Beshbuloq» suvi ishlab chiqilgan va suvning organoleptik xususiyatlari va mikroelement tarkibiy ko‘rsatkichlari isbotlangan;
soya uni va soya oqsil izolyatining tibbiy va biologik xavfsizligini toksikologik daqiqotlar natijasida zararsizligi isbotlangan;
ilk bor surunkali jigar kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar uchun yangi davolovchi ovqatlanish ratsioni ishlab chiqilgan;
jigar surunkali kasalliklari bilan kasallangan bemorlarda yangi pishirilgan sosiska va kolbasa mahsulotlar, «Beshbuloq» ichimlik suvi va milliy taomlar kiritilgan yangi davolash parhezdan foydalanish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jamoat va davolovchi ovqatlanish uchun maxsuslashtirilgan mahsulotlarni tibbiy-biologik asoslash bo‘yicha olingan natijalari asosida:
pishirilgan kolbasa, sosiska va sardelka mahsulotlarni TI 64-23937790, yarim dudlangan kolbasalarni TI 64-23937790 ishlab chiqarish uchun me’yoriy-texnik hujjatlar tasdiqlandi. Mazkur ishlab chiqarilgan texnik shart aholining ovqatlanishida foydalanish uchun ushbu mahsulotlarni sanoat ishlab chiqarishiga ruxsat berish imkonini bergan;
«Soya oqsil izolyatining tibbiy biologik asoslash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma mamlakatimizda tanqisligi sezilarli darajada bo‘lgan, go‘sht xomashyosini tejashning aniq chora-tadbirlari hisoblangan soya oqsil izolyatini kombinatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga jalb qilishni yaxshilash imkonini bergan;
«Yangi oqsil mahsulotlarni davolovchi ovqatlanish uchun samaradorligini tibbiy biologik asoslash Soya oqsil izolyatining tibbiy biologik asoslash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 3 apreldagi 8n-d/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma soya oqsil izolyati bilan boyitilgan kolbasa va sosiska mahsulotlarini davolovchi ovqatlanish uchun foydalanish samaradorligini baholash imonini bergan;
jamoat va davolovchi ovqatlanish uchun ixtisoslashtirilgan mahsulotlarni tibbiy biologik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Respublika davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 12 iyundagi 8n-z/126-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar surunkali jigar kasalliklari bilan kasallangan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga, kasallik asoratlarini davolash uchun xarajatlarni kamaytirish, shuningdek, invaziv va dori vositalarning qo‘llanilishini kamaytiradi. Davolovchi ovqatlanish tizimiga yangi oqsil mahsulotlarini kiritish bo‘yicha qabul qilingan ilmiy natijalar o‘n ikki barmoq ichak yarasi, temir tanqisligi kamqonligi, surunkali jigar kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni kompleks davolashni yaxshilash imkonini bergan.