Raximov Alisher Xudoyqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xom ashyolar asosida organomineral sorbentlar olish va ularni qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4115.
Ilmiy rahbar: Eshqurbonov Furqat Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Xolnazarov Bahodir Azamovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Amonova Nodira Davlatovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xom ashyolar asosida organomineral sorbentlar olish va ularni qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xovdak bentonitini GIPAN, DGK-GIPAN va M-GIPAN modifikatorlari bilan mos holda 3:2 massa nisbatda modifikatsiyalash orqali organomineral sorbentlar olingan;
zarrachalar o‘lchami 0,5-0,7 mm bo‘lgan boyitilgan Xovdak bentonitini 0,1 M NaCl eritmasi bilan faollashtirish va organik modifikatorlar bilan modikatsiyalash natijasida organomineral sorbentlar olishning maqbul sharoitlari aniqlangan;
mahalliy xomashyolar asosida olingan GIPAN:Bentonit organomineral sorbenti  yordamida texnik paxta moyini tozalash natijasida moyning kislota soni 0,5 mg KOH/g dan 0,1 mg KOH/g gacha, rangi 14,2 qizil va 0,3 ko‘k birlikdan-7,8 qizil va 0,02 ko‘k birliklargacha kamayishi aniqlangan;
mahalliy xomashyo Xovdak bentonitini GIPAN bilan suvli muhitda modifikatsiyalash asosida oganomineral sorbent olishning resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida organomineral sorbentlar sintez qilish texnologiyasi va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida organomineral sorbentlar olish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 7 fevraldagi KC/3-40-son ma’lumotnomasi). Natijada faollashtirilgan mahalliy bentonitni bir qator organik birikmalar bilan modifikatsiyalash yordamida yangi, yuqori samarali organomineral sorbentlar olishga imkon bergan.
mahalliy xomashyolar GIPAN, DGK+GIPAN va Xovdak bentoniti asosida olingan organomineral sorbentlar «SURHONOZIQOVQASANOAT» aksiyadorlik jamiyatida press va ekstraksion usulda olingan yog‘larni oqlash jarayonlarida amaliyotda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 7 fevraldagi KC/3-40-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalarni amaliyotga joriy qilish yog‘-moy korxonalarida ishlatiladigan adsorbentlarni mahalliylashtirish, shu yo'nalishdagi xarajatlarni 2 barobarga kamaytirish bilan birga sifatli paxta moyi olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish