Artikova Gulzor Narbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Respublikamiz turli hududlarida o‘sadigan Elaeagnus L. turi o‘simliklari kimyoviy tarkibini o‘rganish va ular asosida biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqish», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: : B2021.2.PhD/K396.
Ilmiy rahbar: Matchanov Alimjon Davlatbaevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Mamadalieva Nilufar Zokirjonovna, kimyo fanlari doktori, professor; Abdulladjanova Nodira Gulomjanovna kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikamizda turli xil iqlim va tuproq sharoitlarida o‘suvchi Elaeagnus angustifolia o‘simligi ayrim organlari kimyoviy tarkibini aniklash hamda dorivor o‘simliklar ekstraktlari asosida immunomodulyator va antioksidant ta’sirga ega biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamizning turli iqlim va sho‘rlanish sharoitidagi 6 ta xududlarida o‘suvchi Elaeagnus angustifolia o‘simligi ayrim organlari kimyoviy tarkibi (vitaminlar, og‘ir metall tuzlari, aminokislotalar, uglevodlar, mikro- va makroelementlar tarkibi) to‘liq tahlil qilinishi natijasida sho‘rlanish darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan qurg‘oqchil erlarda o‘suvchi o‘simliklarning tarkibida mikro- va makroelementlar, V6 va V9 vitaminlari miqdori yuqori ekanligi isbotlangan;
Elaeagnus angustifolia meva urug‘i tarkibidagi yog‘ kislotalarining kimyoviy tarkibi olein va linol kislotalari miqdori umumiy yog‘ kislotalarining 91%ni tashkil qilishi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xududida o‘suvchi Elaeagnus angustifolia o‘simligi er ustki qismi polifenollarining kimyoviy tarkibi to‘liq taxlili natijasida uning tarkibida 7 ta polifenol birikma borligi isbotlangan;
farmakologik tadqiqotlar natijasida Elaeagnus angustifolia o‘simligi polisaxaridlari va polifenollari immunomodulyator, polifenollari esa yuqori antiradikal faollikka ega ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Elaeagnus angustifolia o‘simligi kimyoviy tarkibi va ular asosida BFQ ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Orientglikros» biologik faol qo‘shimcha uchun tashkilot standarti Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (Ts 28624239-04:2022). Natijada, «I-VITA» MChJ korxonasida «Orientglikros»ni sinov partiyasi №30 ta kapsula 100 qadoq miqdorida ishlab chiqilgan texnik sharoitlar asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini bergan;
kapsulalardagi immunostimulyator xossaga ega biologik faol qo‘shimcha uchun Intellektual mulk agentligidan foydali model` uchun patent olingan (№FAP 02362, 2023 y.). Natijada, «Orientglikros» BFQni korxonalarda ishlab chiqarish imkonini bergan.