Yangi O‘zbekistonda ilm-fan, madaniyat va ma’rifat, inovatsion izlanishlar sohalarida amalga oshirilayotgan tub islohotlarda muhtarama xotin-qizlarning ham munosib hissasi bor. Bu davlatimiz taraqqiyoti va jamiyatimiz farovonligi yo‘lida davlat boshqaruvi, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ilm-fan, adabiyot va san’at, ma’rifat-ma’naviyat, sport, ishlab chiqarish, qo‘yingki, barcha sohalarda fidokorona mehnat qilayotgan mu’tabar ayol va qizlarimizning erishayotgan muvaffaqiyatlarida yorqin namoyon.
Shu ma’noda, 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Oliy attestatsiya komissiyasida ham bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy attestatsiya komissiyasi hamda hamkor tashkilot vakillari tomonida sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar bayram bilan samimiy qutlanib, ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Faxriy yoriqlari hamda bayram sovg‘alari topshirildi.
Bayram tantanasida mo‘’tabar ayollarimizga yana bir bor ehtirom ko‘rsatildi. Vatanimiz taraqqiyoti, yosh avlod kamoloti uchun ilm-fan, ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarning mehnatlari hamisha munosib qadrlanishi e’tirof etilib, ezgu tilaklar bildirildi.
Oliy attestatsiya komissiyasi
Axborot xizmati