Nishanov Maksudjon Shermatovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mirizzi sindromi diagnostikasi va xirurgik taktikasining xususiyatlari», 14.00.27–Xirurgiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib318.

Ilmiy rahbar: Nazirov Feruz Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.

Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: A.V. Vishnevskiy nomidagi Xirurgiya instituti federal davlat byudjet muassasasi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Mirizzi sindromi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va xirurgik optimal taktikani tanlashning ilmiy asoslangan tizimini yaratish orqali davolash natijalarini yaxshilash shoshilinch va rejali ravishda kasalxonaga yotqizilgan bemorlarda azigoportal ajratish natijalarini yaxshilashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘t-tosh kasalligi bilan kasallangan barcha bemorlar orasida Mirizzi sindromi tarqalishi bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarning xirurgik aralashuv turi va vaqtiga bog‘liqligi (rejali va shoshilinch, ochiq va laparoskopik) aniqlangan;

xirurgik aralashuv xususiyatlari, operatsiyadan keyingi spesifik va nospesifik asoratlar hamda Mirizzi sindromini davolash natijalariga ta’sir ko‘rsatuvchi klinik-tashxislash va taktik-texnik omillar aniqlangan;

Mirizzi sindromi operatsiya oldi verifikatsiya sifatini oshirish mezonlarini aniqlash orqali turli tekshirish usullarining klinik-instrumental parallellari va tashxislash samaradorligi belgilab berilgan;

nur tashxisida yuqori informativ usullardan, bosqichma-bosqich xirurgik taktika va xirurgik aralashuvlar bajarilishida texnik xususiyatlardan foydalanishga asoslangan Mirizzi sindromida davolash-tashxislash taktikasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mirizzi sindromi bo‘lgan bemorlarning davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Mirizzi sindromi bilan bemorlarda davolash-diagnostika taktikasini standartlashtirish» metodik qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 15 noyabrdagi 8N–d/56-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatilgan tavsiyalar asosida Mirizzi sindromi bo‘lgan bemorlarni davolash operatsiyaga qadar ushbu sindromni tashxislash hamda davolash taktikasini optimallashtirish, operatsiyadan keyingi asoratlar uchrashini pasaytirish, o‘t yo‘llari yatrogen shikastlari xavfini kamaytirish imkonini bergan;

yuqori informativ nur tashxisidan foydalanish, umumiy o‘t yo‘li endoskopik va endovaskulyar dekompressiyasini kiritgan holda bosqichli xirurgik taktika hamda shikastlanish turini hisobga olgan holda xirurgik aralashuv variantini tanlashga asoslanib davolash-tashxislash taktikasi algoritmi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 15 noyabrdagi 8N–d/56-son ma’lumotnomasi). Mirizzi sindromi bilan bemorlar diagnostikasi va davolash algoritmining tatbiq etilishi operatsiyadan keyingi asoratlar sonini kamaytirish va shu orqali qoniqarsiz natijalar sonini qisqartirish imkoini bergan;

tadqiqot ishida Mirizzi sindromi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qoraqalqog‘iston Respublikasi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 15 noyabrdagi 8N–d/56-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot jarayonida olingan natijalar Mirizzi sindromining operatsiyaga qadar verifikatsiyasini 39,1% dan 69,3% gacha yaxshilash, operatsiyadan keyingi spesifik asoratlar miqdorini 39,1% dan 15,1% gacha hamda o‘lim holatlarini 7,2% dan 1,9% gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish