Ashirov Furkat Usubovichningning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kolonkali burg‘ilash jarayonida ishlatiladigan yuvuvchi suyuqliklarning polimer moddalari asosida yangi tarkiblarini ishlab chiqish», 04.00.15 – Geologik razvedka ishlari texnologiyasi va texnikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T3626.
Ilmiy rahbar: Djuraev Rustam Umarxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mineral resurslar instituti DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, PhD.03/31.03.2023.T.03.06.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Azamjon Alimdjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Gaibnazarov Sunatilla Baxodirjanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruv instituti  DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qidiruv maydonlarining aniq geologik-texnik sharoitlari uchun mahalliy xomashyolar asosida yuvuvchi suyuqliklarning yangi tarkiblarini ishlab chiqish orqali burg‘ilash ishlari samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy nitril akril kislota monomeridan akrilonitrilni sintez qilish va turli yot moddalardan tozalash orqali 87,4% unumdorlik bilan polimerli PAA-SA yangi turdagi burg‘ilash reagenti ishlab chiqilgan;
quduqlarni burg‘ilash jarayonida tog‘ jinslarining xususiyatiga bog‘liq holda yuvuvchi suyuqlikning qovushoqligini taʼminlovchi PAA-SA markali reagentning suyuqlikka qo‘shiladigan optimal miqdori aniqlangan;
murakkab geologik-texnik sharoitlardagi kolonkali burg‘ilashda yuvuvchi suyuqlik tarkibiga mahalliy PBMB-A markali bentonit kukunini qo‘shish orqali suyuqlikni gillanish hususiyati aniqlangan;
polimergelli va polimer-silikatli suyuqliklar tarkibidagi silikatli yelim (suyuq shisha)ning 0,25-0,45 %li konsentratsiyasi burg‘ilash jarayonida mustahkam polimerli struktura hosil qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kolonkali burg‘ilash jarayonida ishlatiladigan yuvuvchi suyuqliklarning polimer moddalari asosidagi yangi tarkiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
murakkab geologik sharoitlardagi burg‘ilashda asoratlarni oldini olish va bartaraf etish uchun yaratilgan kamgilli, polimergelli va polimer-silikatli yuvuvchi suyuqliklarning yangi tarkiblari “O‘zbekgeologiyaqidiruv” AJning Janubi-sharqiy O‘rtaliq maydonidagi 12317-sonli, To‘qmon maydonidagi 60-sonli, Gumsay maydonidagi 11G-sonli va “Regionalgeologiya” DUKning Sultanuvays maydonidagi 20 va 22-sonli quduqlarida amaliyotga joriy etilgan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 13 noyabrdagi 08-4002-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kern chiqishi 18% gacha oshishi va quduqda shlamli tiqin hosil bo‘lishini oldini olish imkonini bergan;
quduq devorlarining barqarorligini ta’minlash uchun gilli tog‘ jinslarni burg‘ilash rejimi yuvuvchi suyuqlik tarkibiga bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha metodik tavsiyalar “Regionalgeologiya” DUKning Tebenbuloq maydonidagi 15 va 16-sonli, Qorbo‘ron maydonidagi KS-3 sonli va Zarmitan maydonidagi 47-sonli quduqlarda amaliyotga joriy etilgan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 13 noyabrdagi 08-4002-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuvuvchi suyuqliklarning mustahkam polimerli struktura hosil qilishi evaziga gilli tog‘ jinslarining bo‘kishini oldini olish va quduq devorida “yupqa qobiq” hosil qilish orqali qatlam bosimini nazorat qilish bilan yuvuvchi suyuqliklarning yutilishini 10% gacha qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish