Aliev Sunnatulla Salimdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mebel sanoati chiqindilari va birlamchi va ikkilamchi polivinilxlorid (PVX) asosida profil-pogonaj buyumlari olish uchun kompozisiya va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T2769.
Ilmiy rahbar: Egamberdiev Elmurod Abdukadirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor; Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikamizdagi mebel sanoati chiqindilari, terak yog‘ochi va  birlamchi, ikkilamchi polivinilxlorid asosida fizik-mexanik, ekspluatatsion xususiyatlari yuqori bo‘lgan profil-pogonaj buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompozisiya tarkibidagi polivinilxlorid va to‘ldiruvchilarning kimyoviy xossalari hamda ularning kompozit materiallar fizik-mexanik xususiyatlariga ta’siri isbotlangan;
sistematik ravishda polivinilxlorid, terak yog‘ochi chiqindisi hamda turli organik qo‘shimchalar asosida reseptura ishlab chiqildi va ular asosida olingan profil-pogonaj buyumlarining ekspluatatsion xossalari aniqlangan;
yog‘och-polimer kompozision materiallarning strukturasi va deformatsion mustahkamligi, bog‘lovchilar orasidagi bog‘larning tabiati hamda xususiyati bilan bog‘liqligi isbotlangan;
bir va ko‘p qatlamli yuqori mustaxkamlikka ega bo‘lgan yog‘och-polimer kompozision materiallar tarkib nisbatlarining issiqlikka barqarorligini va namlikka chidamlilik xossalariga bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor mahalliy yog‘och chiqindilari asosida mebel ishlab chiqarish va qurilish sanoati uchun yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lgan yog‘och-polimer kompozision materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mebel ishlab chiqarish sanoati chiqindilari hamda birlamchi va ikkilamchi polivinilxlorid (PVX) asosida profil-pogonaj buyumlarni qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yog‘och-polimer kompozision materiallari tayyorlash resepturasi va texnologiyasi «WOODWIN» M.Ch.Jda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mebel va yog‘ochsozlik sanoati (MEYoS) uyushmasining 2023 yil 20 apreldagi 15-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, optimal resept asosida lissimon yog‘och-polimer kompozision materiallari ishlab chiqarish imkonini bergan;
mebel ishlab chiqarish sanoatida ishlatiladigan o‘rtacha zichlikdagi yog‘och tolali plitalar (MDF), mahalliy terak yog‘ochi to‘ldiruvchilari hamda birlamchi va ikkilamchi polivinilxlorid (PVX) asosidagi tayyorlangan reseptura bo‘yicha materiallar texnologiyasi «XAMKOR-R» M.Ch.Jda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mebel va yog‘ochsozlik sanoati (MEYoS) uyushmasining 2023 yil 20 apreldagi 15-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ekspluatatsion va fizik-mexanik xossalari yuqori bo‘lgan, ekologik toza yog‘och-polimer kompozision materiallari olinib, xorijdan import qilib olib kelinayotgan yog‘och-polimer kompozision materiallari o‘rnini bosa oladigan materiallar ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish