Abduraimov Bun’et Muratovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida sifatni oshirish tizimini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1776.
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Beglenov Nokisbay Dauletniyazovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida sifatni oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli xizmatlardan foydalanish modeli raqamli tranzaksiya darajasini maqsadli parametrlarga ko‘ra oshirish, virtual tuzilmalar faoliyatini tashkil etish, raqamli kompetensiya hamda integratsiyalashgan qo‘shimcha va sof raqamli xizmatlarga ko‘ra takomillashtirilgan; 
xalqaro va milliy standartlarda elektron xizmatlarning individual iste’mol xususiyatlaridan foydalanish chastotasi hamda raqamli va gibrid xizmatlar sifati tarkibiy elementlarini aniqlash asosida elektron xizmat tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqadorligi modeli taklif etilgan;
istemolchi ehtiyoji va xizmatlar sifatini boshqarish tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish hamda iste’molchi talablariga ta’sir qiluvchi omillarni maqsadli parametrlariga ko‘ra differensiyalash asosida xizmat ko‘rsatish korxonasi rivojlanishining sifat maqsadlari zonasi taklif etilgan;  
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasining barqaror rivojlanish dinamikasi hamda raqamli xizmatlar hajmini oshirishning 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida sifatni oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli xizmatlardan foydalanish modeli raqamli tranzaksiya darajasini maqsadli parametrlarga ko‘ra oshirish, virtual tuzilmalar faoliyatini tashkil etish, raqamli kompetensiya hamda integratsiyalashgan qo‘shimcha va sof raqamli xizmatlarga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2023-2024 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 27-noyabrdagi 9/05-30-15468-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish raqamli tranzaksiya orqali jamiyatning hayot sifatini minimal inson aralashuvi bilan yaxshilash hamda qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish imkonini bergan;
xalqaro va milliy standartlarda elektron xizmatlarning individual iste’mol xususiyatlaridan foydalanish chastotasi hamda raqamli va gibrid xizmatlar sifati tarkibiy elementlarini aniqlash asosida elektron xizmat tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqadorligi modeli Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2023-2024 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 27-noyabrdagi 9/05-30-15468-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish elektron xizmat ko‘rsatish xususiyatlari va ularga qo‘yiladigan talablarni aniqlash hamda xizmatlarning talab qilinadigan sifatiga erishish bo‘yicha maqsadli xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
istemolchi ehtiyoji va xizmatlar sifatini boshqarish tizimining iqtisodiy samaradorligini oshirish hamda iste’molchi talablariga ta’sir qiluvchi omillarni maqsadli parametrlariga ko‘ra differensiyalash asosida xizmat ko‘rsatish korxonasi rivojlanishining sifat maqsadlari zonasi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2023-2024 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 27-noyabrdagi 9/05-30-15468-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish elektron xizmatning iste’mol xususiyatlaridan kelib chiqqan holda iste’molchining talablari va kutishlariga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bergan;
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasining barqaror rivojlanish dinamikasi hamda raqamli xizmatlar hajmini oshirishning 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “2023-2024 yillarda xizmat ko‘rsatish sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 27-noyabrdagi 9/05-30-15468-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2027-yilga kelib, xizmat ko‘rsatish sohasida raqamli xizmatlar hajmini 116,9 % va AKT xizmatlari eksporti hajmini 118,6 %ga oshirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish