Murodov Alisher Murodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
« Innovatsion faoliyatni rivojlantirish asosida oliy ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirish », 08.00.05. - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1988.
Ilmiy rahbar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov Nomidagi Samarqand Davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Alimova Mashxura Toirxonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimida innovatsion faoliyatni rivojlantirish asosida ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tizimida innovatsion rivojlanish samaradorligini baholash bosqichlari alohida ta’lim muassasalarining bir xil ustuvorlik nisbatini saqlagan holda ularni guruhlash hamda innovatsion rivojlanish mezonlarini shakllantirish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
OTMning innovatsion faoliyatini integral baholash usuli qoniqarsiz (Iqs≤0,00-0,37), qoniqarli (Iq≤0,38-0,63), yaxshi (Iy≤0,64-0,80) va yuqori (Iyu≤0,81-1,0) darajali guruhlarga tabaqalash-tirish hamda innovatsiyalarni rivojlantirishni rag‘batlantiradigan ta’lim faoliyati darajasini aniqlash mezonlari asosida takomillashtirilgan;
OTMlarida integratsion jarayonlarni rivojlantirish, ta’lim xizmatlari portfelini optimallashtirish hamda ichki kompetensiyalar sifati tizimini joriy etish asosida oliy o‘quv yurtlari va biznes sub’ekt-lari hamkorligining innovatsion faolligini oshirish taklifi asoslangan;
OTM innovatsion salohiyatni oshirish, raqobatdosh ustunliklarni aniqlash, marketing strategiyasini va dasturini shakllantirish, innovatsion loyihalar monitoringini o‘tkazish hamda OTM raqobatbardoshligini oshi-rish asosida OTMni innovatsion rivojlanish strategiyasi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim xizmatlari bozorida oliy ta’lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim tizimida innovatsion rivojlanish samaradorligini baholash bosqichlarini alohida ta’lim muassasalarining bir xil ustuvorlik nisbatini saqlagan holda ularni guruhlash hamda innovatsion rivojlanish mezonlarini shakllantirish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “2022-2023-yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 3-iyuldagi №04/17-03-07-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish OTM innovatsion faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini baholash mezon-larining asosli va argumentli to‘plamini ishlab chiqish imkonini bergan;
OTMning innovatsion faoliyatini integral baholash usuli qoniqarsiz (Iqs≤0,00-0,37), qoniqarli (Iq≤0,38-0,63), yaxshi (Iy≤0,64-0,80) va yuqori (Iyu≤0,81-1,0) darajali guruhlarga tabaqalash-tirish hamda innovatsiyalarni rivojlantirishni rag‘batlantiradigan ta’lim faoliyati darajasini aniqlash mezonlari asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “2022-2023-yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 3-iyuldagi №04/17-03-07-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish OTM innovatsion faoliya-tining asosiy ko‘rsatkichlarini darajali guruhlarga tabaqalashtirish asosida uning innovatsion faolligi va tashqi biznes muhitiga muvofiqligini baholash darajasini 25,0 %ga oshirish imkonini bergan;
OTMlarida integratsion jarayonlarni rivojlantirish, ta’lim xizmatlari portfelini optimallashtirish hamda ichki kompetensiyalar sifati tizimini joriy etish asosida oliy o‘quv yurtlari va biznes sub’ekt-lari hamkorligining innovatsion faolligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “2022-2023-yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 3-iyuldagi №04/17-03-07-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish oliy ta’lim tizimida innovatsion marketing vositalaridan foydalanish asosida fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi innovatsion salohiyatining o‘zaro bog‘langan elementlarini uyg‘unlashtirish imkonini bergan;
OTM innovatsion salohiyatni oshirish, raqobatdosh ustunliklarni aniqlash, marketing strategiyasini va dasturini shakllantirish, innovatsion loyihalar monitoringini o‘tkazish hamda OTM raqobatbardoshligini oshi-rish asosida OTMni innovatsion rivojlanish strategiyasi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “2022-2023-yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 3-iyuldagi №04/17-03-07-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish innovatsion loyihalarning strategik marketing maqsadlariga muvofiqli-gini ta’minlash hamda biznes va OTM resurslaridan birgalikda foydala-nish orqali moliyalashtirish manbalarini kengaytirish imkonini bergan.