Narbekova Gulrux Davronboevnaningi
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xalq ta’limi tizimi muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi va nazoratini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» (qtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1445.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziev  Islomjon Ne’matovich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Axmedjonov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliqulov Abdumumin Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xalq ta’lim tizimi muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lar hisob va nazoratini takomillashtirishga oid ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xalq ta’limi muassasalarida pullik ta’lim xizmatlari tannarxini aniqlashda normativ usuldan foydalanish taklif etilgan;
xalq ta’limi muassasalarida pullik ta’lim xizmatlari yuzasidan daromadlarni hisobga olish uchun 520311 (262/1)  ̶ “Pullik ta’lim xizmatlari bo‘yicha hisoblangan daromadlar” ishchi schyoti taklif etilgan;
xalq ta’limi muassasalarida pullik ta’lim xizmatlaridan tushgan pul mablag‘lari hisobini yuritish maqsadida 102401/1 (112/1) “Pullik ta’lim xizmatlaridan tushgan pul mablag‘lari” nomli ishchi schyoti taklif etilgan;
xalq ta’limi muassasalarida pullik ta’lim xizmatlaridan tushgan mablag‘lar yuzasidan xarajatlar hisobini yuritish uchun 741100 (261/1) “Pullik ta’lim xizmatlari bo‘yicha hisoblangan xarajatlar” ishchi schyotini qo‘llash taklifi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Xalq talim tizimi  muassasalarida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobi va nazoratini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalq ta’limi muassasalarida pullik ta’lim xizmatlari tannarxini aniqlashda normativ usuldan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 12 iyundagi 03-02/3-2185-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi xalq ta’limi muassasalarida pullik ta’lim xizmatlari, jumladan, steam, oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov, xorijiy til bo‘yicha o‘qitish xizmatlarining tannarxini aniqlash imkoniyatini bergan.
xalq ta’limi muassasalarida pullik ta’lim xizmatlari yuzasidan daromadlarni hisobga olish uchun 520311 (262/1)  ̶ “Pullik ta’lim xizmatlari bo‘yicha hisoblangan daromadlar” ishchi schyoti taklifi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 12 iyundagi 03-02/3-2185-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif xalq ta’limi muassasalarining hisob siyosatida o‘z aksini topgan. Natijada xalq ta’limi muassasalarida pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan daromadlar to‘g‘risida joriy buxgalteriya axborotlarini shakllantirish imkoniyati yaratilgan.
xalq ta’limi muassasalarida pullik ta’lim xizmatlaridan tushgan pul mablag‘lari hisobini yuritish maqsadida 102401/1 (112/1) “Pullik ta’lim xizmatlaridan tushgan pul mablag‘lari” nomli ishchi schyoti taklifi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 12 iyundagi 03-02/3-2185-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif xalq ta’limi muassasalarining hisob siyosatida o‘z aksini topgan. Natijada xalq ta’limi muassasalarida pullik ta’lim xizmatlaridan tushgan pul mablag‘lari hamda ularning harakati to‘g‘risida tahliliy buxgalteriya ma’lumotlarini shakllantirish va tahlil qilish imkoniyati yaratilgan.
xalq ta’limi muassasalarida pullik ta’lim xizmatlaridan tushgan mablag‘lar yuzasidan xarajatlar hisobini yuritish uchun 741100 (261/1) “Pullik ta’lim xizmatlari bo‘yicha hisoblangan xarajatlar” ishchi schyotini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 12 iyundagi 03-02/3-2185-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif xalq ta’limi muassasalarining hisob siyosatida o‘z aksini topgan. Bu orqali xalq ta’limi muassasalarida pullik ta’lim xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni alohida hisobga olish yo‘lga qo‘yilib, ushbu xarajatlarga oid tahliliy buxgalteriya axborotlarini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish