Terebaev Bilim Aldamuratovichning
tibbiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda operatsiyadan keyingi anal inkontinensiyani tashxislash va xirurgik davolash uslublarini takomillashtirish», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib550.
Ilmiy maslaxatchi: Ollabergenov Odilbek Tojiddinivich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xamraev Abdurashid Juraqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Otamuradov Furqat Abdukarimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda anorektal malformatsiyalardan keyingi anal inkontinensiyasi tashhislash va xirurgik davolash uslublarini takomillashtirish orqali natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kontinensiya va defekatsiya jarayonini boshqarish uchun sfinkter apparatining funksional moslashuviga yordam beradigan sun’iy to‘g‘ri ichak ichki sfinkterni shakllantirish uslubi, ichakning seroz-mushak futlyarini 3600 tashqariga qayirish bilan manjetali dupplikatura hosil qilish orqali takomillashtirilgan;
bolalarda operatsiyadan keyingi anal inkontinensiyaning II-III darajalarida qayta rekonstruktiv aralashuvlarga muqobil sifatida, poliakrilamid gel asosli hajm hosil qiluvchi «Noltrex» vositasidan foydalanish yuqori samaradorligi isbotlangan.
bolalarda anorektal malformatsiyalar bo‘yicha operatsiyadan keyingi anal inkontinensiyada konservativ va qayta tiklovchi rekonstruktiv korreksiyalovchi operatsiyalardan keyingi yaqin va uzoq davr muddatlarda reabilitatsiya bayonnomasi ishlab chiqilgan;
bolalarda operatsiyadan keyingi anal inkontinensiyada, kontinensiya faoliyatini ta’minlovchi mushak tizimidagi anatomik struktur o‘zgarishlar va deformatsiyalarga bog‘liq holda rekonstruktiv operatsiyalarining samarali va maqbul uslubi «Urosling-1» sun’iy transplantanti yordamida protezlash operatsiyasi ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2024 yil 7 fevraldagi №03/169 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda anorektal malformatsiya bo‘yicha operatsiyadan keyingi anal inkontinensiyada puborektal mushak va sfinkter mushaklarining anatomo-funksional etishmovchiligida, kontinensiya faoliyatini yaxshilash maqsadida, qayta korreksiyalovchi yangi uslub to‘g‘ri ichak ichki sfinkterini yaratish orqali bemorlarda najas ushlash faoliyati yaxshilangan. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasiga 2022 yil 5 avgustdagi №11-I &-2-sonli buyruq hamda Surxandaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2022 yil 12 avgustdagi 146-t-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan to‘g‘ri ichak ichki sfinketerini yaratish operatsiyasi bolalarda najas ushlash faoliyati yaxshilandi, bu bilan bemor bolalar o‘z tengdoshlari bilan uzoq vaqt muloqat qila olishi, o‘ziga ishonchni yo‘qotmaslik, ijtiomiy moslashuvini yaxshilashga, xamda eng asosiysi hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 13 ta (16,5%) bemorlarda to‘g‘ri ichak ichki sfinkterni yaratish rekonstruktiv korreksiyadan keyin anal inkontinensiyaning III-darajasini I-darajaga tushirishga erishilgan. Ushbu bemorlarda uzoq muddatli kuzatuv davrida olingan natijalarda 72,7% holatda yaxshi va 18,2% kuzatuvda qoniqarli natija olingan. Ushbu bemorlarda o‘tkazilgan operatsiyalar natijasida normal defekatsiya harakati tiklanishiga, ularning jamiyatdagi ijtimoiy moslashuvini oshirishga erishilgan.
Xulosa: shunday qilib operatsiyadan keyingi anal inkontinensiyada bemorlarda sun’iy ichki sfinkterini seroz-mushak futlyar 3600 tashqariga qayirish bilan manjetali dupplikatura hosil qilish orqali yaratilgan va anal kanal torayishi oqibatida defekatsiyani boshqarish jarayonining funksional moslashuviga erishilgan.
Terebaev Bilim Aldamuratovichning «Bolalarda operatsiyadan keyingi anal inkontinensiyani tashxislash va xirurgik davolash uslublarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 25 iyundagi 03/1200-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda anorektal malformatsiya bo‘yicha operatsiyadan keyingi anal inkontinensiyalarni kam invaziv hajm hosil qiluvchi vosita “Noltrex” poliakrilamid gel yordamida najas ushlay olmaslikni bartaraf etishga qaratilgan tibbiy tadbirlarning samaradorligi ishlab chiqilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasiga 2022 yil 5 avgustdagi №11-I &-2-sonli buyruq hamda Surxandaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2022 yil 12 avgustdagi 146-t-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: O‘tkazilgan tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, 12 ta (63,2%) bemorda hajm hosil qiluvchi «Noltrex» poliakrilamid gelining bir martalik inʼeksiyasidan so‘ng anusning to‘liq yopilishi va kontinensiyaning normallashishi qayd etilgan. Uzoq davr natijalarida 5 ta (26,3%) holatda anal kanalda bazal bosimning pasayishi sababli takroriy gel plastikasi qilindi va anal kanal o‘rtacha bazal bosim 70% qilish orqali qoniqarli natijaga erishildi. 13 ta (68,4%) bemorlarda to‘liq najas ushlash faoliyati tiklangan va 4 ta (21,1%) bemorlarda anal inkontinensiya chastotasi 2 va 3 barobariga kamaytirildi va bu orqali bemorlarning ijtimoiy hayot tarzi yahshilanishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Operatsiyadan keyingi anal inkontinensiyani davolashning kam invaziv usuli bir qator afzalliklarga ega: amalga oshirish qulayligi, asoratlarning foizining pastligi, bemor tezda faol hayotga qaytishidir. Operatsiyadan keyingi inkontinensiyani davolashning kam invaziv usulini qo‘llash natijasida 89,4% hollarda operatsiyadan keyingi yaqin va uzoq muddatli davrda funksional natijalarning yaxshilanishiga erishilgan va asoratlar nisbati 3 baravariga kamaytishi, anal kontinensiya funksiyasini yaxshilanishi yotoq kunlari sonini o‘rtacha 3,0 kunga kamaytirishga yordam bergan.
Xulosa: Iqtisodiy samaradorlik har bir bemor uchun 171 000 so‘mni tashkil etdi, ya’ni asosiy guruhda bolalar o‘rtacha yotoq kuni 6,0±0,4 tashkil etdi , bu 342 000 so‘m sarf xarajatni, nazorat guruhida esa o‘rtacha yotoq kuni 9,0±0,2 ga teng bo‘lib sarflangan xarajat 513 000 so‘mga teng bo‘ldi. Muallif taklif qilgan kam invaziv jarrohlik usulidan foydalanish bolaning salomatligi va hayot sifatini yaxshilashga, nogironlikni kamaytirishga va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga yordam bergan.
Terebaev Bilim Aldamuratovichning «Bolalarda operatsiyadan keyingi anal inkontinensiyani tashxislash va xirurgik davolash uslublarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 25 iyundagi 03/1200-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda anorektal malformatsiyalar bo‘yicha operatsiyadan keyingi anal inkontinensiyada konservativ va qayta tiklovchi rekonstruktiv korreksiyalovchi operatsiyalardan keyingi yaqin va uzoq davr muddatlarda reabilitatsiya bayonnomasi ishlab chiqilgan. Ushbu bayonnoma bo‘yicha reabilitatsiya chora tadbirlari o‘z vaqtida to‘g‘ri amalga oshirilsa, so‘zsiz kutilgan yaxshi natijaga erishi mumkinligi ilmiy asoslangan. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasiga 2022 yil 5 avgustdagi №11-I &-2-sonli buyruq hamda Surxandaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2022 yil 12 avgustdagi 146-t-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Fizioterapiya muolajalarini qo‘llash bilan konservativ terapiya usullari anal sfinkterning qisqaruvchanligi samaradorligini oshirishga va to‘g‘ri ichak sfinkter apparatining funksional faolligini taminlashga yordam beradi. Tibbiy muolajalar majmuasi: anal teshik torayishida kunlik kalibrlovchi bujlashni amalga oshirish, davolovchi va mashqli mikro ho‘qnalar, maxsus parhezlar, ichak biotsenozini yaxshilash uchun dori vositalari, to‘g‘ri ichak sfinkter tizimi va chanoq tubi mushaklarining intraanal elektr stimulyasiyasi, to‘g‘ri ichak sfinkter mushaklari va kichik chanoq mushaklarni mustaxkamlovchi davolovchi jismoniy mashqlardan iborat. Kichik chanoq bo‘shlig‘i va oraliq mushaklariga o‘tkazilgan davo mashqlari 67,3% hollarda ularning funksional imkoniyatlarini tiklashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Reabilitatsiya bayonnomasidan foydalanganda iqtisodiy samaradorlik yotoq kunining 1,6 baravar kamayishi va bemorlarda anal sfinkterlarning funksional qobiliyatini normallashtirish bilan tasdiqlanadi. Iqtisodiy samaradorlik asosiy guruhda bolalar o‘rtacha yotoq kuni 5,0±0,3 ni va sarflangan xarajat 285 000 so‘mni tashkil etdi, nazorat guruhida esa o‘rtacha yotoq kuni 8,0±0,2 ga teng bo‘ldi va xarajat 456 000 so‘mni tashkil qildi. Tavsiya etilgan, ishlab chiqilgan reabilitatsiya dasturidan foydalanish bolaning sog‘lig‘i va hayot sifatini yaxshilash, nogironlikni kamaytirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan.
Xulosa: O‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalar asoslangan xolda “Operatsiyadan keyingi anal inkontinensiyada bolalarni reabilitatsiya qilish bayonnomasi” kompyuter dasturi ishlab chiqilgan (№DGU 08511. 09.07.2020). Ushbu dastur bolalarda anal inkontinensiya darajasini aniqlash va reabilitatsiya davolash taktikasini tanlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u inkontinensiyaning namoyon bo‘lish darajasiga, shuningdek morfologik va funksional o‘zgarishlarning xususiyatlariga qarab individual ravishda tanlanadi, u uzoq vaqt davomida amalga oshiriladi va sfinkter apparati va oraliq mushaklarning qisqaruvchanligini tiklash, shuningdek, yangi neyro-refleks aloqalarini rivojlantirish va bolaning ichak tarkibini ushlab turish funksiyasiga moslashishi shaklida kutilgan ijobiy natijalar olinmaguncha davom ettiriladi.
Terebaev Bilim Aldamuratovichning «Bolalarda operatsiyadan keyingi anal inkontinensiyani tashxislash va xirurgik davolash uslublarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 25 iyundagi 03/1200-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda operatsiyadan keyingi anal inkontinensiyani tashhislashda, xamda yaqin va uzoq davr natijalarini taxlil qilishda Wexner ball shkalasidan foydalanilgan. Ushbu Wexner ball shkalasidan foydalangan holda EHM dastur yaratilgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasiga 2022 yil 5 avgustdagi №11-I &-2-sonli buyruq hamda Surxandaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2022 yil 12 avgustdagi 146-t-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Hozirgi sun’iy intelekt yaratish bo‘yicha ko‘plab tadbirlar olib borilayotgan bir paytda, ushbu dasturning yaratilishi, operatsiyadan keyingi anal inkontinensiyani tashhislash va davolashda nafaqat amaliyotdagi shifokorlar, balki bemorlarning ota-onalari uchun xam juda muxim ahamiyatga ega. Dasturni o‘rnatish va ishlatish juda qulay bo‘lib, ota-onalar dasturda keltirilgan bandlarni, ya’ni farzandida kuzatilayotgan holatlarni belgilashi va natija tugmasini bosishi bilan, oxirgi tashhis va tavsiyalar chiqadi. Qilishi kerak bo‘lgan chora tadbirlarni belgilab berilgan. Qo‘llanishi jixatidan murakkab bo‘lmagan ushbu dastur nafaqat bemorlarning ota-onalari, balki sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘ini shifokori va mutaxassislar keng foydalanish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Anorektal malformatsiyalar asosiy guruxdagi bemorlarda bajarilgan operativ muolaja usuliga qarab Wexner shkalasi bo‘yicha anal inkontinensiya darajasi baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, 13 ta holatda anal inkontinensiyaning og‘ir darajasi baholandi, 66 ta holatda o‘rtacha darajasi va 55 ta bemorda anal inkontinensiyaning engil darajasi aniqlangan. Operatsiyadan keyingi anal inkontinensiya bo‘iycha davolangan 65 ta bemorlarning natijalari Wexner shkalasi bo‘yicha taxlil qilinganda, qattiq najas, yumshoq najas, gaz ushlay olmaslik, taglikdan foydalanish va hayot tarzini o‘zgartirish faktorlarning uchrash nisbati umumiy ball yig‘indisi quyidagicha bo‘ldi: Hech qachon – 25 ball, kamdan kam holatlarda – 125 ball, ba’zan - 118 ball, odatda – 46 ball, xar doim – 9 ballni tashkil etdi. Bu faktorlarning uchrash nisbatining “kamdan kam” va “ba’zan” ko‘rsatkichlarining yuqoriligi olingan natijalarning yaxshi ekanligini anglatadi. Konservativ davo natijalari ushbu ball shkalasi bo‘yicha taxlil qilinganda 80,6% holatda yaxshi va qoniqardi natija olinganligi aniqlangan.
Xulosa: Shunday qilib, Wexner ball shkalasida anal inkontinensiyani taxlil qilishda muxim ahamiyatga ega bo‘lgan barcha faktorlar hisobga olingan, ya’ni qattiq najas, suyuq najas, gaz ushlay olmaslik, taglikdan foydalanish va hayot tarzini o‘zgartirish, xamda ushbu faktorlarning uchrash chastotasi keng diapazonda olingan. Mana shu omillar bu shkalani boshqa shunga o‘xshash baholash mezonlariga qaraganda effektivligini ko‘rsatgan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Bolalarda operatsiyadan keyingi anal inkontinensiyani tashxislash va xirurgik davolash uslublarini takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektorining 2022 yil 25 iyundagi 03/1200-sonli xati yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish