Tadjibaev Madaminjon Mirzajanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fabaceae, Gentianaceae, Euphorbiaceae, Resedaceae va Asteraceae turkum o‘simliklaridan fenol va azot saqlovchi birikmalarni ajratib olish va identifikatsiyalash», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/K15.
Ilmiy maslahatchi: Botirov Erkin Xojiakbarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Shavkat Voxidovich, kimyo fanlari doktori, professor; Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori; Ramazanov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyo hududida o‘suvchi Fabaceae, Gentianaceae, Euphorbiaceae, Resedaceae va Asteraceae turkumlariga mansub o‘simliklardan fenol va azot saqlovchi birikmalarni ajratib olish va identifikatsiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta Osiyo florasiga mansub 10 ta o‘simlik turkumidan ajratib olingan 57 ta tabiiy birikma tuzilishi isbotlangan;
yangi modda sifatida 5 ta birikmalar (lyuteolin-3-β-D-glyukofuronozid, ksiloglyukozid gentiakoxianin, ellago kislotaning 31-O-metil efiri, β- oksifeniletilamin, luteanin) aniqlangan;
ilk bor Gentiana algida o‘tida, asosan 1, 3, 5, 8-tetragidroksiksanton, Gentiana Karelinii o‘ti er usti qismidan esa 1,3,7,8-tetragidroksiksanton va mangiferin (1, 3, 6, 7-tetragidroksi-2-S-β-D- glyukopiranozilksanton) birikmalari mavjudligi aniqlangan;
Gentiana o‘titurlari qsantonlarining tarkibiy o‘ziga xosliklari qayd etilgan turlarning xemosistematikasi uchun qo‘llanilishi mumkinligi isbotlangan;
Reseda luteola o‘simligi alkaloidlarning vegetativ davri, o‘simlik qismlarida yig‘ilish dinamikasi va alkaloidlar summasining ko‘p yig‘ilishi o‘simlikning shiddatli o‘sish davriga to‘g‘ri kelishi aniqlangan;
ilk bor o‘simliklarda β-naftilamin va benzoksazin birikmalari aniqlangan va ular yangi turdagi alkaloidlar ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fabaceae, Gentianaceae, Euphorbiaceae, Resedaceae va Asteraceae turkum o‘simliklaridan fenol va azot saqlovchi birikmalarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fenol va azot saqlovchi moddalar asosida ajratib olingan birikmalarning kimyoviy tuzilishi, spektral tahlil ma’lumotlaridan 6 tadan ortiq xorijdagi impakt-faktori (JIF) yuqori ilmiy jurnallarda birikmalarning molekulyar tuzilishi va farmakologiyasi uchun foydalanilgan (Chemosphere, 2009, V.75, №3, IF3.79; Aguatic Toxicologiy, 2010, V.99, №3. IF 4.14; Planta Medica, 2014, N.80, №11.IF 0.08; Phycologia, 2015, V.54, №1.IF7.82; Dyes and Pigments, 2003,V.57, №3.IF3.473; Carbonhydrate research, 2008, V. 343, №17. IF 2.096; Journal of Separanion Science, 2008,V.31, №21. IF 2.56). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi fenol va azot saqlovchi birikmalarning molekulyar tuzilishi va farmakologik ta’sirini tavsiflash imkonini bergan;
o‘simliklardan ajratib olingan 8 ta alkaloid Amerikaning “Springer” nashriyotida chop etilgan «Natural Compounds Alkaloids Plant Sources, Structure and Properties» alkaloidlar to‘plami ro‘yxatiga kiritilgan (Springer, www. Springer.com). Natijada chet el universtitet va institutlarida alkaloidlar bo‘yicha ma’lumotlar sifatida foydalanish imkonini bergan;
Gentiana karelinii o‘simlik ekstraktidagi mangiferin fenol birikmasining ichimlik suvini patogen mikroorganizmlardan tozalovchi bakterisid fil`trlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining «Qamchiq» dovonidagi harbiy qarorgohlarining suv tozalash apparatlarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2017 yil 28 sentyabrdagi 36/3460-son ma’lumotnomasi). Natijada harbiy qarorgohning (hq №17 «Rezaksoy», hq №19 «Qamchiq tunnel`», hq №21 «Qizilsoy katta tunnel`», hq №23 «Karpon oxangaronsoy», hq №22 «Saridalisoy», hq №11 «Ertoshsoy») ob’ektlarida suvni tozalash imkonini bergan;
Gentiana karelinii o‘simligidan ajratib olingan mangeferin fenol birikmasi suvdagi patogen mikroorganizmlarga qarshi antibakterial va bakterisid xossasini aniqlash bo‘yicha Davlat geologiya qo‘mitasining «GIDROINGEO instituti» davlat korxonasi namuna er osti suvlarida joriy qilingan (Davlat geologiya ko‘mitasining 2018 yil 5 apreldagi 04/06-son ma’lumotnomasi). Natijada suvni patogen mikroorganizmlardan tozalovchi o‘simlik ekstraktidagi mangiferin fenol birikmasini bakterisit fil`trlovchi material sifatida foydalanish imkoniyati yaratilgan.