Jaqsibaev Rashid Nietalievichning
falsafa doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Geofazoviy ma’lumotlar asosida yaylov erlari holatini tadqiq qilish uslubini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 11.00.07 – “Geoinformatika” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T4051
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Cultashova Oralxan Genjebaevna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Turaev Ruxiddin Amirqulovich, geografiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent Prenov Shavkat Mametsalievich.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: geofazoviy ma’lumotlar asosida yaylov erlarining holatini tadqiq qilish uslubini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
masofadan zondlash va transekt usullarida olingan ma’lumotlarni GAT texnologiyalarida qayta ishlash orqali yaylov erlarining hosildorligini aniqlash usuli takomillashtirilgan;
tabiiy omillarning (tuproq sho‘rlanishi, tuproq yuza harorati va yog‘ingarchilik miqdori) yaylov erlariga ta’sirini baholash usuli geofazoviy ma’lumotlar va GAT texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
veb dasturlash tillari (PHP, HTML, CSS, JavaScript) asosida yaylov erlarining holatini ko‘rsatib beruvchi “Automated Pasture Information System” dasturiy vositasi hamda ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilgan;
yaylov erlari hosildorligi holatining istiqboldagi o‘zgarish dinamikasini geoinformatsion baholash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining yaylov erlari holatini geofazoviy ma’lumotlar asosida tadqiq qilish uslubini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
masofadan zondlash va transekt usullarida olingan ma’lumotlarni GAT texnologiyalarida qayta ishlash orqali yaylov erlarining hosildorligini aniqlash usulini takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Mo‘ynoq tumani bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 11 centyabr` 01/010-3275 son ma’lumotnomasi). Natijada yaylov erlaridan foydalanishda hosildorlikni oldindan belgilash va yillar davomida yaylov erlari o‘simliklari hosildorilik holatining o‘zgarish jarayonlarini tez va sifatli monitoring qilishga erishilgan;
tabiiy omillarning (tuproq sho‘rlanishi, tuproq yuza harorati va yog‘ingarchilik miqdori) yaylov erlariga ta’sirini baholash usulini geofazoviy ma’lumotlar va GAT texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Mo‘ynoq tumani bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 11 centyabr` 01/010-3275 son ma’lumotnomasi). Natijada yaylovlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda davlat nazoratini amalga oshirish imkoni yaratilgan;
veb dasturlash tillari (PHP, HTML, CSS, JavaScript) asosida ishlab chiqilgan va yaylov erlarining holatini ko‘rsatib beruvchi “Automated Pasture Information System” dasturiy vositasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Mo‘ynoq tumani bo‘limi faoliyatida foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 11 centyabr` 01/010-3275 son ma’lumotnomasi). Natijada yaylov erlaridan foydalanishda yaylov almashish ishlarini amalga oshirish va chorva bosh sonlarini belgilab berish imkoniyati yaratilgan;
yaylov erlari hosildorligi holatining istiqboldagi o‘zgarish dinamikasini geoinformatsion baholash usulini takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 11 centyabr` 01/010-3275 son ma’lumotnomasi). Natijada yaylovlarning holatini yaxshilash, ularning hosildorligini bashorat qilish va istiqbolli rejalashtirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish