Qurbannazarova Ra’noxon Sharapovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hujayra hajm boshqarilish tizimining ion mexanizmlarini tavsiflash», 03.00.02–Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/V6.
Ilmiy maslahatchi: Sabirov Ravshan Zairovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.
Rasmiy opponentlar: Aripov Taxir Fatixovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik; Mirxodjaev Ulug‘bek Zakirovich, biologiya fanlari doktori, professor; Sirov Vladimir Nikolaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Immunologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: gipoosmotik stress sharoitida timus limfotsitlari hujayra hajmining boshqarilish sistemasida ion mexanizmlarini tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
timotsitlar hajmi muhitdagi natriy ionlarining konsentratsiyasiga nomonoton bog‘liq ekanligi ko‘rsatilgan, uning Vant-Goff qonuniga bo‘ysunmasligi va [Na+]=40-60 mM maksimumga egaligi samaradorli hujayra hajm boshqarilish tizimi mavjudligi aniqlangan;
hajmi ortgan timotsitlar plazmalemmasida Cl– anionlari uchun ikki tipdagi transport yo‘li faollashishi aniqlangan; ulardan biri Gd3+ (maksi-anion kanalining blakatori) ioniga sezuvchan, ikkinchisi esa glibenklamid, floretin va niflum kislota (hajmga-bog‘liq anion kanalining blakatori)larga sezuvchan ekanligi asoslangan;
mikrolokal o‘lchash (petch-klamp) metodining whole-cell konfiguratsiyasida timotsitlarning osmotik shishishi ikki tipdagi makroskopik toklarning faollashuviga olib kelishi isbotlangan;
timotsitlar va U937 monotsit hujayralari liniyasida HBAKning K/Cl kotransporti sistemasining yagona selektiv ingibitori DIOAga seziluvchanligi tavsiflangan;
petch-klamp metodi yordamida HBAK kanallarining hujayra ichidagi asosiy antioksidant–tripeptid γ-glutamilsisteinilglisin (glutation)ning manfiy zaryadlangan ionlarini o‘tkaza olishi asoslangan;
HBAK faolligi 5 xil sichqon hujayra kul`turari liniyalarida taqqoslangan; maksimal faollikka ega bo‘lgan L929-TNF fibrosarkoma hujayralarida random mutagenezdan so‘ng HBAK faolligi keskin pasaygan 12ta klon identifikatsiya qilingan;
timotsit hajm boshqarilishini o‘simliklar flavonoid ekstraktlari yordamida samarali pasaytirilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Timus limfotsitlari hujayra hajmi boshqarilishining yangi mexanizmi va bu jarayondagi ion kanallarining rolini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Yaponiya Fiziologiya Milliy instituti va Kioto tibbiyot universiteti tomonidan timotsitlarning hujayra hajm boshqarilish jarayonining ion mexanizmlari aniqlanganligi e’tirof etilgan hamda hajmga-bog‘liq anion kanallarini molekulyar tabiatini aniqlashda foydalanilgan (Fiziologiya Milliy institutining 2017 yil 27 oktyabrdagi ma’lumotnomasi, Yaponiya). Natijalarning qo‘llanilishi limfotsit hujayra hajmi boshqarilishining mexanizmlarini tavsiflash imkonini bergan;
Belostok universiteti tomonidan timusdan olingan limfotsitlarning hajm boshqarilish jarayonidagi ion kanallarining roli aniqlanganligi e’tirof etilgan (Belostok universitetining 2017 yil 25 oktyabrdagi ma’lumotnomasi, Pol`sha). Natijalarning qo‘llanilishi ion kanallari timotsit hujayra fiziologiyasidagi ishtirokini tavsiflash imkonini bergan;
timotsitlarning hujayra hajm boshqarilish jarayonida ishtirok etadigan hajmga bog‘liq anion kanallarining rolini petch-klamp usulida ta’riflashga oid olingan ma’lumotlar xorijdagi impakt-faktori yuqori ilmiy jurnallarda ion kanallarning hujayraviy jarayonlarida ishtirokini tahlil qilishda foydalanilgan (PLOS ONE 2012, V. 7, ResearchGate, IF – 4.82; 2013, V. 8, ResearchGate, IF – 4.49; Pflugers Archiv-European Journal of Physiology 2014, V.466, ResearchGate, IF – 3.74). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ion kanallari hujayra fiziologiyasidagi ishtirokini tavsiflash imkonini bergan;
timotsitlarning hujayra hajm boshqarilish jarayonining ion mexanizmlari bo‘yicha olingan ma’lumotlar xorijdagi impakt-faktori yuqori ilmiy jurnallarda ion kanallarning hujayraviy jarayonlarida ishtirokini tahlil qilishda foydalanilgan (PLOS ONE 2016, V. 11, ResearchGate, IF – 3,54; International Journal of Molecular Sciences 2011, V.12, ResearchGate, IF – 3.44; Cellular Physiology and Biochemistry 2012, V.30; 2013, V.31 i V.32, ResearchGate, IF – 3.84; Brain Research 2015, V.1597, ResearchGate, IF – 3.01). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi apoptoz va proleferatsiya jarayonidagi ion kanallari va transporterlarning ishtirokini tavsiflash imkonini bergan;
timotsitlardan glutation chiqishida hajmga bog‘liq tashqi o‘tkazuvchan anion toklarining roli bo‘yicha olingan ma’lumotlar xorijdagi impakt-faktori yuqori ilmiy jurnallarda signal molekulalarning hujayraviy jarayonlari ishtirokini tahlil qilishda foydalanilgan (Cellular Physiology and Biochemistry 2013, V.32, ResearchGate, IF – 4.18; Pflugers Archiv-European Journal of Physiology 2016, V.468, ResearchGate, IF – 3.33; Journal of General Physiology 2015, V.146, ResearchGate, IF – 1.51). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ion kanallarining hujayralararo signallash jarayonlarida ishtirokini tavsiflash imkonini bergan;
petch-klamp usulida turli hujayralardagi hujayra hajm boshqarilish jarayonida ishtirok etadigan hajmga bog‘liq anion kanallarining roli bo‘yicha olingan ma’lumotlar xorijdagi impakt-faktori yuqori ilmiy jurnallarda ion kanallarning molekulyar identifikatsiya tadqiqotlarida foydalanilgan: Current Drug Metabolism (2015, V.468, ResearchGate, IF – 2.74); Pflugers Archiv-European Journal of Physiology (2016, V.468, ResearchGate, IF – 3.33); Neurotoxicology (2014, V.41, ResearchGate, IF – 1.93). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi, kelib chiqishi turlicha bo‘lgan hujayralar hajmining boshqarilish mexanizmini o‘rganishga qaratilgan fundamental tadqiqotning yanada kengayishiga va chuqurlashishiga imkon bergan;
timotsitlar hujayra hajmi boshqarilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan FA-F5-T084 raqamli «Mitoxondriyalar ion transporti va metabolik jarayonlar bioregulyatorlarining me’yor va patologiyadagi ta’sirini tavsiflash» ilmiy loyihasida hujayra va organellalarga bioregulyator moddalarning ta’sir mexanizmlarini aniqlashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 20 noyabrdagi FTA-02-11/1123-son ma’lumotnomasi). Natijada megaporalarning ochilishi bilan mitoxondriyalarning shishish mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan;
FA-A6-T064 raqamli «Mesobuthus caucasicus Chayon zaharidan BucaIT rekombinant insektotoksinning olinish biotexnologiyasini ishlab chiqish va hayvon, rak hujayralari kulturasiga ta’sirini klinik oldi sinovlarini o‘tkazish» ilmiy loyihasida rekombinant xlorotoksin fraksiyalarining hujayra hajmi boshqarilishiga ta’siri va ta’sir etish mexanizmini o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil 15 noyabrdagi 4/1255-2422-son ma’lumotnomasi). Natijada oqsil va peptidlarning anion transportiga ta’sir mexanizmini tavsiflash imkonini bergan.