Niyazov Vohidjon Ro‘zievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«GNSS asosida geodezik tarmoqlarni optimallashtirish usullarini ishlab chiqish (konchilik ob’ektlari misolida)», 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2172.
Ilmiy rahbar: Mirmaxmudov Erkin Raximjanovich, fizika matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/26.01.2023.T.109.04.
Rasmiy opponentlar: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor; Tashpulatov Sarvar Anvarovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. GNSS, GAT va mavjud geodezik ma’lumotlar asosida konchilik obektlari atrofida mavjud davlat geodezik tarmog‘i va zichlashtirish tarmog‘ini optimallashtirish usullarini ishlab chiqish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
topografik karta, GNSS va GAT asosida Muruntov kareri atrofidagi davlat geodezik tarmog‘ini optimallashtirishning matematik modeli takomillashtirilgan;
Muruntov sanoat zonasi hududining geodinamik holatini va sun’iy yo‘ldoshlarining geometrik omillarini hisobga olib GNSS asosida geodezik tarmoqning optimal joylashish sxemasi yaratilgan;
zamonaviy sun’iy yo‘ldosh navigatsion GNSS o‘lchashlari va GAT dasturlari asosida davlat geodezik tarmog‘i punktlari koordinatalarining aniqligini oshirish metodikasi ishlab chiqilgan;
GAT dasturlari va dala geodezik o‘lchash natijalari asosida Muruntov kareri hududining to‘g‘ri burchakli va geografik koordinatalar farqini inobatga olib 3D fazoviy modelini yaratish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. GNSS asosida geodezik tarmoqlarni optimallashtirish usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
topografik karta, GNSS va GAT asosida Muruntov kareri atrofidagi davlat geodezik tarmog‘ini optimallashtirishning matematik modeli takomillashtirilganligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasiga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 30 avgustdagi 79-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu matematik model va formulalar asosida tog‘ – kon ob’ektlari atrofidagi davlat geodezik tarmoqlarini tezkor ravishda optimallashtirish imkoniyati paydo bo‘lgan;
Muruntov sanoat zonasi hududining geodinamik holatini va sun’iy yo‘ldoshlarining geometrik omillarini hisobga olib GNSS asosida geodezik tarmoqning optimal joylashish sxemasi yaratilganligi O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Geologiya Davlat qo‘mitasi huzuridagi kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand-Buxoro viloyat inspeksiyasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 26 sentyabrdagi 08-2902-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Muruntov kareri sanoat zonasi hududida geodinamik holatini tezkor tahlil qilish va seysmik – tektonik jarayonlarni prognoz qilish, tegishli chora – tadbirlar rejasini tuzish hamda strategik rejalarni ishlab chiqish imkonini yaratgan;
zamonaviy sun’iy yo‘ldosh navigatsion GNSS o‘lchashlari va GAT dasturlari asosida davlat geodezik tarmog‘i punktlari koordinatalarining aniqligini oshirish metodikasi ishlab chiqilganligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2023 yil 30 avgustdagi 79-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu natijalardan koordinatalar tizimlari orasidagi bir tizimdan boshqa tizimga o‘tkazishda parametrlar uchun tuzatma sifatida foydalanish orqali Muruntov kareri atrofidagi geodezik planli va balandlik tarmoq punktlarining koordinatalarining aniqligi 10 – 15% ga oshgan;
GAT dasturlari va dala geodezik o‘lchash natijalari asosida Muruntov kareri hududining to‘g‘ri burchakli va geografik koordinatalar farqini inobatga olib 3D fazoviy modelini yaratish usullari ishlab chiqilganligi O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Geologiya Davlat qo‘mitasi huzuridagi kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand-Buxoro viloyat inspeksiyasi faoliyatiga joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 26 sentyabrdagi 08-2902-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, karer sanoat zonasi hududining maydoni va qazilma hajmini hisoblash, xavfli tabiiy jarayonlarning tarqalish arealini modellashtirish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, joriy qilinayotgan ushbu usul o‘lchash vaqtini va o‘lchashlarda yuzaga keladigan murakkabliklarni 15-20% gacha kamaytirish imkonini yaratilgan.