Shakirova Shohida Yusupovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bobojon Sanoiyning adabiy-irfoniy merosi», 10.00.10–Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil54.

Ilmiy rahbar: Imomnazarov Muhammad Sultonovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Inomxo‘jaev Rahmonxo‘ja, filologiya fanlari doktori, professor; Ochilov Ergash, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:Xorazm tasavvuf maktabi namoyandasiBobojon Sanoiyning adabiy merosini o‘rganish, uning «Kanz ul-maorif» va «Hadiqai azhor» asarlarining yangi manba sifatidagi o‘ziga xosliklarini yoritib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Bobojon Sanoiyning XIX asr sharoitida tasavvufiy-irfoniy asarlar silsilasiga o‘zining ilmiy, adabiy, falsafiy ruhdagi asarlari hamda tarjimalari bilan hissa qo‘shgani asoslangan;

Bobojon Sanoiyning biografiyasi, adabiy-irfoniy merosi, tasavvufiy qarashlari uning «Hadiqai azhor» asari asosida aniqlangan;

Bobojon Sanoiy ilmiy-irfoniy asarlarining mazmuni, uslubi, badiiyati, ilmiy-ma’rifiy hamda o‘zbek tasavvuf adabiyotidagi o‘rni isbotlangan;

Bobojon Sanoiyning «Kanz ul-maorif» va «Hadiqai azhor» asarlari ilk bor avtograf qo‘lyozmadan hozirgi kirill yozuviga tabdil qilingan holda ularning ilmiy izoh va sharhlari tayyorlangan;

Bobojon Sanoiyning «Hadiqai azhor» asari matni, risolasidagi she’riy parchalar va ularning matniy hamda uslubiy xususiyatlari yoritib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bobojon Sanoiyning adabiy-irfoniy merosi bo‘yicha olingan xulosa va takliflar asosida:

Bobojon Sanoiy ilmiy-adabiy merosi, Xorazm tasavvuf maktabining yirik tasavvufshunos olimi bo‘lgani hamda uning «Kanz ul-maorif» va «Haft kishvar» asarlarini tadqiq qilish va manbashunoslik taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlardan OT-F1-69 raqamli «Sankt-Peterburg qo‘lyozmalar instituti va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan Xorazm adabiy manbalarining kompleks tadqiqi» (2016–2020) mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan  (Fan va texnologiyalar agentligi 2017 yil 17 noyabr` FTA-02-11/1106-son ma’lumotnomasi). Natijada berilgan materiallar Xorazm adabiy manbalarini yoritishda hamda Bobojon Sanoiyning ilmiy merosi, tasavvuf taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi haqidagi ma’lumotlar jamlashda yordam bergan;

Bobojon Sanoiyning ijodiy faoliyati, asarlarining badiiy xususiyatlari, tasavvufiy va falsafiy qarashlari hamda axloqiy jihatlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2017 yil 18 oktyabrdagi 6780-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda qilinayotgan ishlar samaradorligini oshirish bilan birga tasavvufiy va falsafiy qarashlar, inson tabiatini idrok etishning tasavvufiy jihatlarini anglashda, ijtimoiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishda muhim manba sifatida xizmat qilgan;

Bobojon Sanoiyning adabiy-irfoniy merosi va uning biografiyasi, XIX asr Xorazm adabiy muhitining yetakchi vakillaridan biri, iste’dodli va keng qamrovli olim ekanligi haqidagi ma’lumotlar Xivaning «Ichan-Qal’a davlat muzeyi qo‘riqxonasi»ning ilmiy va amaliy faoliyatida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 5 yanvardagi 01-11-08-37-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi ochilayotgan «Sherg‘ozixon madrasasi tarixi» muzeyida o‘zbek, turkman, qoraqalpoq va qozoq adiblari qatorida ilk bor Bobojon Sanoiy haqida materiallar tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish