Allonazarov Ollonazar Norbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mehmonxona xizmatlari bozorini rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlari», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3578.
Ilmiy rahbar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Farmonkul Tursunkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rustamov Alisher Bahodirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada mehmonxona xizmatlari bozorini  rivojlantirishning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa mehmonxona xizmatlari bozorida  apart-otel, otel, turistik baza, dala hovli, kongress mehmonxona, apartament, motel, rotel, flotel, turistik mehmonxona, oilaviy mehmonxona xizmatlarini o‘z ichiga olgan “Xorazm viloyati otelerlar” assotsiatsiyasini tashkil qilish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Urganch shahar, Xiva, Bog‘ot, Gurlan, Xonqa va Xazorasp tumanlari mehmonxonalari xizmatlari bozori kon’yukturasini barqarorlashtirish omillarini ustuvorlik darajasini belgilab beruvchi modeli taklif qilingan;
Xorazm viloyatida mehmonxona xizmatlarini keng targ‘ib qilish, xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish, turizm sohasi korxona va tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro integratsiyalashuvni kuchaytirish maqsadida “Xiva mehmonxonalar klasteri”ni tashkil qilish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
 Xorazm viloyatida mehmonxonalar, tunash-kunlari soni va turistik xizmatlar hajmi ko‘rsatkichlarini  2023-2026-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ko‘p omilli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada mehmonxona xizmatlari bozorini  rivojlantirishning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar asosida:
mintaqa mehmonxona xizmatlari bozorida  apart-otel, otel, turistik baza, dala hovli, kongress mehmonxona, apartament, motel, rotel, flotel, turistik mehmonxona, oilaviy mehmonxona xizmatlarini o‘z ichiga olgan “Xorazm viloyati otelerlar” assotsiatsiyasini tashkil qilish bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 546-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 15-yanvardagi 15-171-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mehmonxona korxonalarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish imkonini bergan;
Urganch shahar, Xiva, Bog‘ot, Gurlan, Xonqa va Xazorasp tumanlari mehmonxonalari xizmatlari bozori kon’yukturasini barqarorlashtirish omillarini ustuvorlik darajasini belgilab beruvchi modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi  “2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 546-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 15-yanvardagi 15-171-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning joriy qilinishi mintaqa mehmonxonalar faoliyati samaradorligini o‘rta hisobda 4-6 foizga oshirish  imkoni yaratilgan;
Xorazm viloyatida mehmonxona xizmatlarini keng targ‘ib qilish, xorijiy va mahalliy turistlar oqimini ko‘paytirish, turizm sohasi korxona va tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro integratsiyalashuvni kuchaytirish maqsadida “Xiva mehmonxonalar klasteri”ni tashkil qilish bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 546-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 15-yanvardagi 15-171-son ma’lumotnomasi). Natijada, klaster tarkibiga kiruvchi mehmonxonalar soni 5-7 foizga va tashrif buyuruvchi sayyohlar  sonini 10-15 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
Xorazm viloyatida mehmonxonalar, tunash-kunlari soni va turistik xizmatlar hajmi ko‘rsatkichlari ko‘p omilli ekonometrik modellar asosida 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi  “2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 546-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2024-yil 15-yanvardagi 15-171-son ma’lumotnomasi). Mazkur model natijalaridan mintaqada turizmni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan.      

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish