Maxmudov Temur Asomidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida inklyuziv mehnat bozori istiqbollari», 08.00.10–“Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt2032.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mansurova Nargiza Shamsidinovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida inklyuziv mehnat bozorini rivojlantirish va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan bandligini samarali tashkil qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘zini-o‘zi band qilishni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ular bilan ish beruvchilar o‘rtasida muloqot o‘tkazish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maydoni sifatida “Imkoniyatlar markazi”ni tashkil etish asoslangan;
nogironlar jamiyatlari ixtisoslashgan korxonalar samaradorligini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlarini foyda, qo‘shilgan qiymat va mol-mulkiga soliqlarda imtiyozlar berish,  korxonalar uchun xom-ashyolarni imtiyozli ajratish, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha subsidiya ajratish, mavjud imtiyozlardan foydalanish darajasini oshirish va kafolatli xarid qilish kabilarga ko‘ra oshirish asoslangan;
inklyuziv mehnat bozori holati va istiqbolidan kelib chiqqan holda nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlashi tavsiya qilingan kasblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimli tayyorlashga ko‘ra tavsiya etiadilgan ishchi kasblar va xizmat lavozimlarining namunaviy ro‘yxatini asoslash, va ularga muvofiq  ish o‘rinlari va kasblarni tayyorlashning maqsadga muvofiqligi asolangan;
nogironligi bo‘lgan shaxslar faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat tashkilotlarga davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish, nogironligi bo‘lgan shaxslar holatiga ish joylarni tashkiliy-texnik jihatidan moslashtirish, ish ularni ishga joylashtirishni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida inklyuziv mehnat bozorini rivojlanishi va istiqbollari bo‘yicha olingan taklif va tavsiyalar asosida:
nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘zini-o‘zi band qilishini qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ular bilan ish beruvchilar o‘rtasida muloqot o‘tkazish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maydoni sifatida “Imkoniyatlar markazi”ni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 oktyabrdagi PQ-390-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024 yil 5 yanvardagi 01/00-03/10-49-son ma’lumotnomasi). Taklif nogironligi bo‘lgan shaxslar va ish beruvchilar o‘rtasida muloqot o‘tkazish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘ra bunday shaxslarning mehnat bozoridagi munosib ishtirokiga qulay shart-sharoitlar yaratib berishga muayyan darajada xizmat qilgan;
nogironlar jamiyatlari ixtisoslashgan korxonalar samaradorligini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlarini foyda, qo‘shilgan qiymat va mol-mulkiga soliqlarda imtiyozlar berish,  korxonalar uchun xom-ashyolarni imtiyozli ajratish, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha subsidiya ajratish, mavjud imtiyozlardan foydalanish darajasini oshirish va kafolatli xarid qilish kabilarga ko‘ra oshirish takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 oktyabrdagi PQ-390-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlariga tegishli tashkilotlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligiga ko‘maklashishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topdi. (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2022 yil 13 oktyabrdagi 01/00-05/16-9242-son ma’lumotnomasi). Takliflar yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslar jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar hamda ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yagona reestri joriy etilib, bunday korxonalar samaradorligini oshirishda uslubiy-amaliy jihatdan qulay shart-sharoitlar yaratishga muayyan darajada xizmat qilgan;
inklyuziv mehnat bozori holati va istiqbolidan kelib chiqqan holda nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlashi tavsiya qilingan kasblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimli tayyorlashga ko‘ra tavsiya etiadilgan ishchi kasblar va xizmat lavozimlarining namunaviy ro‘yxatini asoslash, va ularga muvofiq  ish o‘rinlari va kasblarni tayyorlashning maqsadga muvofiqligi taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-son Qonunining (2020 y.) 42-43-moddalarida o‘z aksini topgan, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 avgustdagi 486-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining 2022 yil 12 sentyabrdagi 25-01-12/1493-son ma’lumotnomasi).Takliflar nogironligi bo‘lgan shaxslarning faoliyat yuritishi uchun ish o‘rinlari va kasblarni moslashtirish, ular bandligiga ko‘maklashish va ixtisoslashtirilgan ish o‘rinlari tashkil etish samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
nogironligi bo‘lgan shaxslar faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat tashkilotlarga davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish, nogironligi bo‘lgan shaxslar holatiga ish joylarni tashkiliy-texnik jihatidan moslashtirish, ish ularni ishga joylashtirishni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 dekabrdagi PQ-57-son «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 203-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish bilan bandligiga ko‘maklashishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi-ning 2022 yil 22  dekabrdagi 04/3-02-42-sonli ma’lumotnomasi).  Taklif nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda BHM 1,5 baravari miqdorida subsidiya ajratish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvatlash bo‘yicha faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish yo‘lga qo‘yilishiga muayyan darajada xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish