Ziyodullaev Sodiqjon Mamadillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bank tizimini isloh qilish sharoitida tijorat banklari aktivlarining rentabelligini oshirish yo‘llari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2203.
Ilmiy rahbar: Gadoev So‘xrob Jumakulovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilhom Muzrapshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Omonov Akrom Abdunazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklari aktivlarining rentabelligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida sof foizli daromadning o‘sish sur’ati bilan brutto kreditlar va qat’iy belgilangan stavkaga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash orqali bank aktivlarining rentabelligini oshirish asoslangan;
tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan investision operatsiyalarining aktiv operatsiyalar hajmidagi salmog‘ini oshirish yo‘li bilan foizli daromadlarning yalpi daromad hajmidagi salmog‘ini oshirishni ta’minlash taklifi asoslangan;
tijorat banklaridagi umumiy kredit riskini kredit portfelidagi muammoli kreditlar ulushi va uning kreditlar bo‘yicha zaxira va aksiyadorlik kapitali yig‘indisiga nisbati ko‘rsatkichlari orqali baholash asosida kredit riski darajasini pasaytirish taklifi asoslangan;
kreditlarning tarmoqlar va sohalar bo‘yicha konsentratsiyasining yuqori chegarasini 25 foizga qadar etkazish hamda tijorat banklarining majburiyatlari tarkibida chakana depozitlarning ulushini ko‘paytirish hisobiga kredit portfelining diversifikatsiya darajasini oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston tijorat banklari aktivlarining rentabelligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
tijorat banklarida sof foizli daromadning o‘sish sur’ati bilan brutto kreditlar va qat’iy belgilangan stavkaga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash orqali bank aktivlarining rentabelligini oshirish taklifidan AT “Sanoatqurilishbank”  aksiyadorlik tijorat banki faoliyatida foydalanilgan (AT “Sanoatqurilishbank”  aksiyadorlik tijorat bankining 2023 yil 26 iyuldagi 29-06-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Sanoatqurilishbankda 2022 yilda 2021 yilga nisbatan foizli daromadlarning o‘sish sur’ati 20,1 foizni tashkil etgan holda, foizli daromad keltiradigan aktivlarning miqdorini 11,6 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan investision operatsiyalarining aktiv operatsiyalar hajmidagi salmog‘ini oshirish yo‘li bilan foizli daromadlarning yalpi daromad hajmidagi salmog‘ini oshirishni ta’minlash taklifidan AT “Sanoatqurilishbank”  aksiyadorlik tijorat banki faoliyatida foydalanilgan (AT “Sanoatqurilishbank”  aksiyadorlik tijorat bankining 2023 yil 26 iyuldagi 29-06-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida Sanoatqurilishbankda qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan investision operatsiyalarining aktiv operatsiyalar hajmidagi salmog‘ini 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 0,11 foizli punktga oshirish imkoni yaratilgan;
tijorat banklaridagi umumiy kredit riskini kredit portfelidagi muammoli kreditlar ulushi va uning kreditlar bo‘yicha zaxira va aksiyadorlik kapitali yig‘indisiga nisbati ko‘rsatkichlari orqali baholash asosida kredit riski darajasini pasaytirish taklifidan AT “Sanoatqurilishbank”  aksiyadorlik tijorat banki faoliyatida foydalanilgan (AT “Sanoatqurilishbank”  aksiyadorlik tijorat bankining 2023 yil 26 iyuldagi 29-06-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifniig amaliyotga tatbiqi natijasida Sanoatqurilishbankda sof kreditlarning brutto kreditlar hajmidagi salmog‘ini 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 0,8 foizli punktga oshirish imkoni yaratilgan;
kreditlarning tarmoqlar va sohalar bo‘yicha konsentratsiyasining yuqori chegarasini 25 foizga qadar etkazish hamda tijorat banklarining majburiyatlari tarkibida chakana depozitlarning ulushini ko‘paytirish hisobiga kredit portfelining diversifikatsiya darajasini oshirish taklifidan AT “Sanoatqurilishbank”  aksiyadorlik tijorat banki faoliyatida foydalanilgan (AT “Sanoatqurilishbank”  aksiyadorlik tijorat bankining 2023 yil 26 iyuldagi 29-06-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifniig amaliyotga tatbiqi natijasida Sanoatqurilishbankda foizli  daromadlarning miqdorini 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 20,1 foizga oshirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish