Palvaniyazov Anvar Amatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqa iqtisodiy tizimini rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni jalb qilishning ekonometrik modellari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)», 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt….
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodir Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jo‘raev Farrux Do‘stmirzaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiy tizimini rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni jalb qilish ekonometrik modellarini yaratish va shu asosda taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiy tizimiga jalb qilingan xorijiy investisiyalarning shakllari bo‘yicha iqtisodiy o‘sishni ko‘rsatuvchi mezonlariga ko‘ra yuqori (7,97-8,68 ball), o‘rta (5,94-6,56 ball), quyi (3,89-4,71 ball) darajalarda baholash yondashuvi taklif qilingan;
mintaqa iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra iqtisodiyotga jalb qilingan kapital mablag‘larning ulushi bo‘yicha mahalliy investorlar xissasi quyi (35.5 foiz) va xorijiy investorlar xissasi yuqori (64.5 foiz) darajada optimalligi asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni jalb qilishga asoslangan ko‘p omilli va kompleks sonli ekonometrik modellari taklif qilingan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy tizimini rivojlantirishga jalb qilingan xorijiy investisiyalarning eng muhim omillari bo‘yicha 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy tizimini rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni jalb qilishning ekonometrik modellari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqa iqtisodiy tizimiga jalb qilingan xorijiy investisiyalarning shakllari bo‘yicha iqtisodiy o‘sishni ko‘rsatuvchi mezonlarni yuqori (7,97-8,68 ball), o‘rta (5,94-6,56 ball), quyi (3,89-4,71 ball) darajalarda baholash yondashuvi bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining 2023-yil 14-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2023-yildagi Investisiya dasturi doirasida shakllantirilgan dasturlarni ishga tushirish ishlarining borishi, eksport rejasining bajarilishi, chet el investisiyalarini jalb etish va o‘zlashtirish, shu bilan birga er kategoriyasi o‘zgargan uchastkalarda yirik dasturlarni joylashtirish haqida”gi 01-149-son bayonnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 19-dekabrdagi DJ-22/01-2401-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarda xorijiy investisiyalarni jalb qilish imkoniyatlari kengaytirilib, investisiya dasturi asosida korxonalarni barpo qilish yuzasidan optimal qarorlar qabul qilingan;
mintaqa iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra iqtisodiyotga jalb qilingan kapital mablag‘larning ulushi bo‘yicha mahalliy investorlar xissasi quyi (35.5 foiz) va xorijiy investorlar xissasi yuqori (64.5 foiz) darajada optimalligi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining 2023-yil 14-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2023-yildagi Investisiya dasturi doirasida shakllantirilgan dasturlarni ishga tushirish ishlarining borishi, eksport rejasining bajarilishi, chet el investisiyalarini jalb etish va o‘zlashtirish, shu bilan birga er kategoriyasi o‘zgargan uchastkalarda yirik dasturlarni joylashtirish haqida”gi 01-149-son bayonnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 19-dekabrdagi DJ-22/01-2401-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqasining iqtisodiy tizimida investisiya salohiyatini oshirish imkoni yaratilgan va investorlarning faoliyatini baholash tizimi shakllantirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni jalb qilishga asoslangan ko‘p omilli va kompleks sonli ekonometrik modellari bo‘yicha taklifdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining 2023-yil 14-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2023-yildagi Investisiya dasturi doirasida shakllantirilgan dasturlarni ishga tushirish ishlarining borishi, eksport rejasining bajarilishi, chet el investisiyalarini jalb etish va o‘zlashtirish, shu bilan birga er kategoriyasi o‘zgargan uchastkalarda yirik dasturlarni joylashtirish haqida”gi 01-149-son bayonnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 19-dekabrdagi DJ-22/01-2401-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida investision oqimning ekonometrik modellari tuzilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanishi darajasiga ta’siri aniqlashtirilib, investisiyalarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqishga imkon bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiy tizimini rivojlantirishga jalb qilingan xorijiy investisiyalarning eng muhim omillari bo‘yicha 2023-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESining 2023-yil 14-avgustdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasining 2023-yildagi Investisiya dasturi doirasida shakllantirilgan dasturlarni ishga tushirish ishlarining borishi, eksport rejasining bajarilishi, chet el investisiyalarini jalb etish va o‘zlashtirish, shu bilan birga er kategoriyasi o‘zgargan uchastkalarda yirik dasturlarni joylashtirish haqida”gi 01-149-son bayonnomasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 19-dekabrdagi DJ-22/01-2401-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy investisiyalarni jalb qilish jarayoni ARIMA modeli asosida prognozlashtirilib, shu orqali kelajakda xorijiy investisiyalarni samarali usullarda jalb qilish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish