Muxitdinov Bahrom Baxodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yog‘och materiallarni olovbardoshligini oshirish uchun fosfor va bor saqlagan oligomer antipirenlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T2781.
Ilmiy rahbar: Shirinov shavkat Davlatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Yodgarov Normuhammad,  kimyo fanlari doktori; Fayziev Jahongir Bahromovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yog‘och materiallarni olovbardoshligini yaxshilash uchun tarkibida fosfor va bor saqlagan oligomer antipirenlar olish hamda ularni iqtisodiy va ekologik samarador texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
borat kislotasi, ortofosfat kislotasi, ammofos, alyuminiy gidroksid va karbamid kabi kimyoviy birikmalarni oligomerlash asosida yog‘och qurilish materiallarni olovbardoshligini oshiruvchi oligomer antipirenlar olingan;
qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi hududlarni yong‘inlardan himoyalashda fosfor-bor saqlagan oligomer antipirenlar bilan, gidrolizlangan poliakrilonitrilni (GIPAN) modifikatsiyalash asosida gel xususiyatli qoplama olishni optimal nisbatlarini aniqlangan;
olingan oligomer antipirenlar bilan yog‘och materiallarini 40-50oS haroratlarda modifikasiyalashning optimal nisbatlari hamda yong‘inda massa yo‘qotilishi barqarorligi 1,31%, kislorod indeksi 20,5% dan 38,4% gacha yaxshilanganligi isbotlangan;
oligomer antipirenlar bilan modifikatsiyalangan, gidrolizlangan poliakrilonitril (GIPAN) asosidagi, gel` xususiyatga ega yong‘inbardosh qoplamalar bilan yog‘och materiallarga ishlov berish natijasida massa yo‘qotilishi 1,28%, kislorod indeksi 20,5% dan 48,2% gacha oshganligi  aniqlangan;
oligomer antipirenlarni olish texnologiyasi va tashkilot standarti ishlab chiqilgan hamda keng qo‘llanilayotgan analoglarga nisbatan iqtisodiy samaradorlik 20,7% ga yuqori ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yog‘och materiallarni olovbardoshligini oshirish uchun tarkibida fosfor va bor saqlagan oligomer antipirenlar olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fosfor-bor saqlagan oligomer antipirenlar “SEVEN SYSTEMS” MChJ va “STATERM” MChJ korxonalarida amaliyotga joriy qilingan (Farg‘ona neftni qayta ishlab chiqarish zavodining 2023 yil 18 may kunidagi 01-09/1176 son ma’lumotnomasi). Natijada, olovbardosh yog‘och qurilish materiallarni olish uchun qo‘llaniluvchi polifunksional xususiyatga ega oligomer antipirenlarni ishlab chiqarish imkonini bergan;
fosfor-bor saqlagan oligomer antipirenlar bilan, gidrolizlangan poliakrilonitrilni (GIPAN) modifikatsiyalash asosida olingan gel xususiyatli olovbardosh antipiren qoplamalar  “STATERM” MChJ korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023 yil 25 apreldagi 6/4/38-1202-son ma’lumotnomasi). Natijada, fosfor-bor saqlagan oligomer antipirenlarni olish texnologiyasini iqtisodiy samaradorligini o‘rtacha 20,7% ga oshirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish