Inxonova Arofatning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polietilenimin va polivinilxloridni o‘zaro ta’sirlashuvining o‘ziga xosligini tadqiq qilish», 02.00.06 - Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3PhD/K435.
Ilmiy rahbar: Bekchanov Davron Jumazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi  DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Turopov Xamza Tursunovich, kimyo fanlari doktori, professor; Jo‘raev Murod Mahmarajab o‘g‘li kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polietilenimin va polivinilxlorid asosida funksional polimer materiallarning olinishi va fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
granulalangan polivinilxloridni polietilenimin bilan ta’sirlashuvini o‘ziga xosligini tadqiq qilish natijasida reaksiyaga kirishuvchi komponentlarning zanjirli tabiatiga qaramay, jarayonning kinetikasi geterogen reaksiyalarning odatiy qonuniyatlariga bo‘ysunishi hamda modifikatsiya jarayoniga turli omillarning ta’sirini aniqlash orqali PVX asosidagi yangi anionit olishning maqbul sharoitlari topilgan;
olingan anion almashinuvchining fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rganish orqali, uning sorbsion qobiliyati, termik barqarorligi va mexanik mustahkamligi ilgari sintez qilingan PVX asosidagi anionit PPE-1dan yuqori bo‘lib, bu ko‘rsatkichlari jihatidan esa sanoat anion almashinuvchisi AN-31 ga yaqin ekanligi aniqlangan;
anionitga turli pH muhitlarida metall ionlarining sorbsiya jarayonlarini tekshirish natijasida, sintez qilingan anion almashinuvchining ion almashinuv va kompleks hosil qilishi sababli perrenat (625,95 mg/g) va dixromat (233 mg/g) anionlariga hamda Pb(II) kationlariga (126,75 mg/g) nisbatan yuqori sorbsion qobiliyatga ega ekanligi; sorbsiya izotermasi Lengmyur modeliga, jarayonning kinetikasi esa psevdo-ikkinchi tartibli kinetik model qonuniyatlariga mos kelishi bilan tavsiflangan;
dinamik sharoitda perrenat ionlarini anion almashinuvchiga sorbsiya-desorbsiyasining 25 martalik siklini o‘tkazish orqali anionitning sorbsion sig‘imi maksimal 10% ga kamayishi aniqlangan;
ilk bor olingan ion almashinadigan polimer yuzasida nano o‘lchamdagi temir oksid zarrachalarini o‘z ichiga olgan funksional polimer-metall kompleks materiali sintez qilindi va polimer matrisasi yuzasida metall oksidi zarrachalarining o‘lchami 3-35 nm oralig‘ida ekanligi aniqlangan;
funksional polimer-metall kompleksi magnit xususiyatlarga va zaharli organik bo‘yoqlarni fotoparchalash qobiliyatiga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polivinilxloridni polietilenimin bilan modifikatsiyalab sintez qilingan yangi anionitning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
molibdenli texnologik eritmadan reniyni ajratib olish bo‘yicha “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ amaliyotiga joriy qilingan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2023-yil 9-oktyabrdagi № 71-669-son ma’lumotnomasi). Natijada texnologik suvda mavjud bo‘lgan reniy ionlarining sorbsiya- desorbsiya sikllaridan so‘ng Re(VII) ionlarini sorbsiyalab ajratib olish unumi 92,35 % ni tashkil etgan;
oqava suvlardagi og‘ir metall ionlarining adsorbsiyasi bo‘yicha (“Buxora neftni qayta ishlash zavodi” MChJ ning 2023 yil 23 sentyabrdagi № 04-11/169 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ion almashinuvchi materialdan foydalangan holda galvanik sex oqava suvlari tarkibidagi og‘ir metall ionlarining miqdorini eritmada ruxsat etilgan meyorgacha kamaytirib, ijobiy amaliy natijalar olingan;
zaharli va og‘ir metall ionlarining adsorbsiyasini o‘rganish bo‘yicha (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJ ning 2023 yil 12 iyundagi № 184-EN-672 sonli ma’lumotnomasi). Natijada anionit chiqindi suvlar tarkibidan zaharli metall ionlarini ajratib olishda qo‘llanilib yuqori iqtisodiy samaradorlik berishi mumkinligi va anion almashinuvchi materialdan foydalangan holda mini qurilma yaratish imkoniyatini bergan;
selektiv xossali anionit hamda polimer-metall komplekslarning sintezi bo‘yicha № PZ-20170925290+PZ-2017092965+PZ-20170927395 sonli “Mahalliy xomashyo asosida ionitlar olish va ularni rangli hamda kamyob metallarni ishlab chiqarish chiqindilaridan ajratib olish uchun qo‘llash” (2018-2020 yy.) Amaliy loyihada polivinilxlorid va polietilenimin asosida sintez qilingan anionit kamyob, siyrak metall Re (VII) ni sun’iy eritmalarida sorbsiyasi o‘rganilib, (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 8 sentyabrdagi № 04-11-5325-son ma’lumotnomasi). Natijada polivinilxlorid asosida sintez qilingan anionit yordamida siyrak metall ionlarini selektiv ajratib olishda qo‘llash mumkinligi hamda ishlatishga yaroqsiz ionitlar va metall tuzlari ishtirokida sirtida nanoo‘lchamdagi metall oksid zarrachalari tutgan polimer-metall komplekslar sintez qilinib ularning fizik-kimyoviy xossalari tadqiq qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish