Eliboev Ilyos Askarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siklodekstrin asosidagi supramolekulyar komplekslarning elektrokimyoviy va adsorbsion xossalari», 02.00.04 – Fizik kimyo, 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K560.
Ilmiy rahbarlar: Xoliqov Abduvali Jonizoqovich, kimyo fanlari doktori, professor; Berdimurodov Elyor Tuxlievich, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor; Qodirov Hasan Irgashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: siklodekstrin asosidagi supramolekulyar komplekslar sintez qilish hamda ularning kuchli kislotali muhitda po‘lat korroziyasiga qarshi elektrokimyoviy va adsorbsion xossalarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor β–SDoFDA, β–SDME, β–SDDFK, β–SDNA va β–SDAS supramolekulyar komplekslari po‘lat 20 uchun samarali hamda yangi korroziya ingibitori ekanligi aniqlangan;
sintez qilingan supramolekulyar komplekslarning yuqori ingibitorlik xossalari korrozion tok zichligi ( μA/sm2) kamayishi, zaryad almashish qarshiligi (
Ω /sm2), himoyalash darajasi (
) hamda sirtni qoplash darajalari (
) qiymatlarining ortishi orqali isbotlangan;
Kvant kimyoviy hisoblashlar, metall sirtining AKM va SEM mikrofotografiyalari, EDS hamda Raman spektrlari yordamida supramolekulyar komplekslarning ingibirlash mexanizmlari aniqlangan.
Monte Karlo va molekulyar dinamik simulyasiyalari orqali ingibitorning neytral va protonlangan shakllarini metall sirtiga adsorbsiyalanish pozisiyalari aniqlangan;
ilk bor molekulyar dinamik simulyasiya yordamida β–SDoFDA supramolekulyar kompleksining Fe sirti bilan ta’sirlashishi nazariy jihatdan hisoblangan va Fe-N bogʻining uzunligi 8,93 Å, Fe-O bogʻining uzunligi 6,55 Å ga tengligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gravimetrik, elektrokimyoviy, sirt tahlili usullari va kvant kimyoviy hisoblashlar orqali siklodekstrin asosidagi olingan supramolekulyar komplekslarning po‘lat 20 korroziyasini ingibirlash mexanizmlarini kuchli kislotali muhitlarda o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
siklodekstrin asosidagi supramolekulyar komplekslar: β-siklodekstrin ortofenilendiamin, β-siklodekstrin melamin, β-siklodekstrin 1,5-difenilkarbazid, β-siklodekstrin naftilamin-1 va β-siklodekstrin atsetanilidlardan “GISSARNEFTGAZ” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasi laboratoriyasida metall konstruksiya va qurilmalarida korroziya jarayoniga qarshi ingibitor sifatida sinovdan o‘tkazildi (“GISSARNEFTGAZ” O‘zbekiston-Shveysariya qo‘shma korxonasining 2023-yil 06-noyabrdagi 730-01/11-son ma’lumotnomasi). Laboratoriya sinov natijalariga ko‘ra supramolekulyar komplekslar yuqori harorat va past konsentratsiyalarda yuqori himoyalash darajasiga ega bo‘lgan. Tadqiqot obektlari sanoatda foydalaniladigan ingibitorlarga qaraganda kuchli kislotali muhitlarda metall konstruksiya va qurilmalarini emirilishdan yaxshi himoyalagan hamda metall konstruksiya va qurilmalarini korroziyadan himoyalash uchun talab mavjud sohalarda amaliyotga joriy etishga tavsiya qilingan;
siklodekstrin asosidagi olingan supramolekulyar komplekslar Navoiy kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida sinovdan o‘tkazilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2023-yil 13-noyabrdagi 23/01-01-07/575-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot obektlarining sanoatda ishlatiladigan ingibitorlarga nisbatan turli haroratlarda va kislotali muhitlarda metallarni korroziyadan himoyalash imkoniyati yuqoriligi ko‘rsatib berilgan;
siklodekstrin asosidagi olingan supramolekulyar komplekslarning 100 mg/l li eritmalari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Rux zavodi sulfat kislotasi sexiga qarashli 1-sonli suv aylanma tizimlarida ishlatiladigan metall konstruksiyalarning korroziyasini oldini oluvchi vosita sifatida sinov tariqasida amaliyotga joriy qilingan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2023-yil 16-noyabrdagi SL-1282-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur birikmalar samarali ingibitorlar sifatida suv aylanma tizimlaridagi metall konstruksiyalarning korroziyasini oldini olish imkonini bergan;
yangi supramolekulyar komplekslarning korroziyadan himoyalash xossalari hamda adsorbsiya mexanizmlari № OT-F7-85-raqamli “Aminometilenfosfat kislotasi asosidagi alifatik va geterotsiklik metallar korroziyasi ingibitorlarining sintezi va fizik-kimyoviy xossalari” mavzusidagi loyihada ingibirlash mexanizmini fizik-kimyoviy tadqiq qilish va elektrokimyoviy xususiyatlarini aniqlash maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 23-avgustdagi 03/10-2023-son ma’lumotnomasi). Natijada neft va gaz sanoatidagi metall materiallarning korroziyasini oldini olish imkonini bergan.