Musirov Maxmarajab Uralovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ko‘n yarim mahsulotini ishlov berish sohasiga uzatuvchi qurilmaning konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.1.PhD/T1007
Ilmiy rahbar: Baxadirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Nodir Baxodirovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Ibragimov Farhod Xayrullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘nchilikda valli mashinalarning ish unumdorligini va sifatini oshiruvchi, shuningdek mexanik ishlov berish jarayonida ishlov berilayotgan mahsulotda ko‘proq foydali maydonni hosil qiluvchi valli mashinalarning rostlanuvchi mexanizmlari va moslamalarini takomillashtirishning nazariy va tajribaviy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘n yarim mahsulotning sifatini oshirishga xizmat qiluvchi transporter torlarining tebranma harakati amplitudasi chegaralangan bo‘lganda,ko‘ndalang tebranish qonuniyati ko‘n yarim mahsulot massasi funksiyasining o‘zgarishini hisobga olgan holda aniqlangan;
torli transportyordagi ko‘n yarim mahsulotni ishchi val juftliklari orasiga yo‘naltiruvchi sirt moslamasining profilini aniqlovchi matematik model ko‘n yarim mahsulotning elastikligini, mahsulot va sirt orasidagi sirpanishdagi ishqalanish va roliklarning dumalashdagi ishqalanish koeffisentlarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
texnologik jarayon uchun zarur bo‘lgan yo‘naltiruvchi moslamaning kinematik va geometrik parametrlarini uning egrilik radiusiga, ko‘n yarim mahsulotning elastikligi va zichligiga bog‘liq holda aniqlovchi, hamda ko‘n yarim mahsuloti va ishchi vallarining kontakt sohasidagi elastik deformatsiya holatini aniqlash imkonini beruvchi matematik modellar Nyuton va Guk qonunlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan;
ko‘n yarim mahsulotning foydali yuzasini ko‘n yarim mahsulotni ishlov berish sohasiga uzatuvchi qurilma yo‘naltiruvchi sirt moslamasining profilini aniqlash imkonini beruvchi regressiya tenglamasi yordamida yoyish burchagi α va uzatish tezligi υ ningratsional parametlari grafik echimlarini taqqoslash orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Valli mashinaning ko‘n yarim mahsulotni mexanik ishlov berish sohasiga yo‘naltiruvchi moslamasining yangi konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ko‘n yarim mahsulotni mexanik ishlov berish sohasiga uzatuvchi qurilma konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslashga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining (№ FAP 01658, 2021 y.) foydali modeliga patent olingan. Natijada ko‘n yarim mahsulotlarini mexanik ishlov berish sohasiga uzatuvchi qurilma konstruksiyasi takomillashtirilib, texnologik jarayonning samaradorligi va ishlov berilayotgan mahsulot sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan;
ko‘n yarim mahsulotini mexanik ishlov berish zonasiga uzatuvchi takomillashtirilgan konstruksiyadagi qurilma “ULKAN-LAZIZ” MChJ va "Nigora Dadido" MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zcharmsanoat uyushmasini 2022 yil 27 apreldagi FB-9/1269-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan yangi konstrusiyadagi valikli mashinada ko‘n yarim mahsulotni mexanik ishlov berish sohasiga uzatishda ko‘n yarim mahsulotning foydali yuzasi o‘rtacha 1,52% ga ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish