To‘raev Farxodjon Farmonovichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon

I.Umumiyma’lumotlar:
Tadqiqot mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yigiruv mashinalari diskretlash zonasi ta’minlovchi silindrining samarali konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”  05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi (texnika fanlari).
Tadqiqot mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2295.
Ilmiy rahbar:  Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori professor.
Tadqiqot bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.   
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.09.2023.T.66.01.
II. Tadqiqotning maqsadi:  
pnevmomexanik  yigirish mashinasi diskretlovchi zonasi ta’minlovchi silindri tarkibli amarizatorli vtulkali prizmatik ishchi elementlari bo‘lgan silindrni samarali konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yigiruv mashinalari  diskretlash  zonasi tort xil shakldagi ketma-ket joylashgan rifliyali prizmatik prizmatik ishchi elementlari bo‘lgan ta’minlovchi silindrining yuqori sifatli ip olishni ta’minlaydigan samarali konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ta’minlovchi  silindr prizmatik rifliyali ishchi elementlari bilan tolali lenta orasidagi ishqalanish kuchlarini ilashishdagi qo‘shimcha ilashish koeffisientlarini inobatga olib hisoblash formulalari ishlab chiqilgan, silindrni aylanishlar chastotasi ortishi bilan ishqalanish kuchlari nochiziqli qonunyatda ortib borishi aniqlangan.
riflyali tishlari tolali lenta ichiga kirib ilashishi hisobiga kontakt yuzasi ortishida ishqalanish kuchi yuqori bo‘ladi, tolalarni o‘zaro ajratish va uzatish tezlashadi, yuqori sifatli ip olish imkoniyati yaratiladi.
Tarkibli ta’minlovchi silindr rezinali vtulkasi bikrligini ortishi, hamda tolali lenta zichligini kamayishi, bikrligini past bo‘lishi ishqalanish kuchini ko‘paytiradi. Ishqalashi kuchi holatlar bo‘yicha bir siklda o‘zgarmasligi (0,35÷0,42) ∙102sn dan katta bo‘lishini ta’minlash uchun Srv≥(35÷45) sn/mm;  Sl≤(4,0÷4,5) sn/mm tavsiya etiladi.
ta’minlovchi  silindr vali va garniturasi harakat qonunlarini ifodolovchi mashina agregati differensial tenglamalar sistemasini echimi asosida burchak tezliklar tebranish qamrovi o‘zgarish qonuniyatiga ishqalanish kuchlarini momenti va rezinali vtulka bikirlik koeffisientlarini ta’sirini ifodolovchi   qonunyatlar olingan, tarkibli silindr rezinali amartizatori bikirligini ortishi tishli garnitura va valning burchak tezligi  tebranish qamrovini notekisli qonuniyatda kamayishi aniqlandi, tavsiya qiymatlari S≤(0,25÷0,3) 102 n∙m/rad olingan;
elektrotenzometrik va magnitoelektrik tajribaviy usullardan foydalanib  taminlovchi silindr garniturasi va vali yuklanishlari va harakat qonunlari aniqlangan, prizmatik tishli ishchi elementlari ishqalanishlari ortib borishi  tartibida siklik joylashtirilganda ishqalanish kuchi ortishi silindr garniturasi aylanma tebranishini nochiziqli qonunyatda ortib borishi aniqlandi. Natijalari   nazariy qiymatlari bilan farqi  (7÷11)% oshmasligi qayd etilgan;
tarkibli silindr ishqalanish va ilashishni siklik ravishda o‘zgarishi hisobiga tolalar parallel ravishda intensive ajralish qonunyati aniqlandi. Sifatli  ip olishning asosiy sharti aniqlandi va parallellashtirilgan tolalarni ip yigiruv kamerasiga bir tekisda uzatilishi  tajribalar asosida isbotlangan;
tajribaviy izlanishlar natijasida kameraning aylanish tezligi, 85000-95000 min-1 gacha ortishida tolalarning diskretlanishi yaxshilanadi, solishtirma uzish kuchini 11,760-12,915 sN/teks ga ortishiga erishilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yigiruv mashinasi diskretlovchi zonasi ta’minlovchi silindrining qayishqoq elementli to‘rt variantdagi prizmatik riflyali garniturasi bo‘lgan konstruksiyasini ilmiy tadqiqotlari natijalari asosida:  
Tavsiya etilgan tarkibli,  qayishqoq elementli va prizmatik riflyali ishchi elementlari bilan ta’minlovchi silindrlari bilan jihozlangan modernizasiya qilingan  yigiruv mashinasi tajriba nusxalari “O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati”uyushmasi tasarrufidagi Toshkent shahridagi “AGRO TEKS ALLIANCE” MChJ va Toshkent viloyatidagi “MAXIM GOLD TEX” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan. (“O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati” uyushmasining 2023 yil 25 iyuldag №03/25-1614- sonli ma’lumotnomasi)  ta’minlovchi silindr tavsiya etilgan konstruksiyadagi rezinali amartizatorni qo‘llanilishi hisobiga tolali lentaga yumshoq ta’siri shikastlanishni kamaytiradi. Shuningdek to‘rt variantdagi prizmatik detallarning o‘zgaruvchan ishqalanish kuchlari hisobiga tolalarning o‘zaro paralellashuvi va siljishi ta’minlanadi,  natijada ipning solishtirma uzish kuchi 1,155 sN/teksga ortdi, ipning uzish kuchi bo‘yicha variatsiya koeffisienti 9,82% ga va tashqi ko‘rinishining minimal nuqsonlar bilan ip ishlab chiqarishda soatiga  1000 ta kamerada 67 tadan 46 taga, ya’ni ip uzilishlar sonin 31% gacha tushirishga erishilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish