Nurmatova Sevara Batirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Telekommunikatsiya tarmoqlarida tizim osti IMS faoliyati samaradorligini oshirish modellari va usullari”(“Modeli i metodi povisheniya effektivnosti funksionirovaniya podsistemi IMS v setyax telekommunikatsii”), 05.04.01 – Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: OAKda B2022.2.2.PhD/T2833
Ilmiy rahbar: Amirsaidov Ulugbek Baburovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad
al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02:
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Alimova Nodira Batirdjanovna, texnika fanlari doktori, professor;
Abdullaev Mirjamol Mirkamilovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Yetakchi tashkilot: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: telekommunikatsiya tarmoqlarida tizim osti IMS faoliyati samaradorligini oshirish modellari va usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli ulanish so‘rovlarining xususiyatlari va o‘zaro bog‘likliklarini, hamda ularga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini ketma-ketligini inobatga olib server parametrlarini optimal aniqlash imkonini beruvchi tizim osti IMS faoliyatining kompleks modeli yaratilgan;
turli ulanish so‘rovlarini bajarish vaqtini hisoblash va so‘rovlarni bajarish vaqtini oshishi tartibida so‘rovlar navbatini tashkil etish asosida imtiyozli xizmat ko‘rsatish usuli ishlab chiqilgan;
ulanish so‘rovlarini kelib tushish va ularga xizmat ko‘rsatish jaddaliklarini o‘zaro bog‘lik holda sozlash orqali o‘ta yuklanishlarni kamaytirish imkonini beruvchi tizim osti IMS yuklanishini boshqarish modeli yaratilgan;
klasterli IMS navbatlarida turgan ulanish so‘rovlarini soni va ularning murakkabligini inobatga olib kelib tushayotgan yangi ulanish so‘rovlarni kutish vaqtini minimallashtirish mezoni bo‘yicha navbatlarga taqsimlashga asoslangan serverlar yuklamalarini muvozanatlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Telekommunikatsiya tarmoqlarida tizim osti IMS faoliyati samaradorligini oshirish model va usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
server yuklamalarini muvozanatlash usuli va boshqarish modeli Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “O‘zbektelekom” AK va “O‘zbektelekom” AK Toshkent filialida joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2022-yil 1 noyabrdagi 33-8/7308-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida so‘rovlarni kutish vaqtini minimallashtirish mezoni bo‘yicha navbatlarga taqsimlash hamda ulanish so‘rovlarini kelib tushish va ularga xizmat ko‘rsatish jaddaliklarini o‘zaro bog‘lik holda sozlash bo‘yicha yaratilgan usul, model va dasturiy ta’minotlarni amaliyotga qo‘llash orqali ulanish so‘rovlarini kechikish vaqtini 15 % va yo‘qolish ehtimolini 18 % ga kamaytirish ta’minlandi.
tizim osti IMS faoliyatining kompleks modeli va ulanish so‘rovlariga imtiyozli xizmat ko‘rsatish usuli Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “O‘zbektelekom” AK Toshkent filiali va Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” MChJda joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2022-yil 1 noyabrdagi 33-8/7308-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida turli ulanish so‘rovlarining xususiyatlari inobatga olinib server parametrlarini optimal aniqlash va navbatlarini tashkil etish bo‘yicha model va usulni amaliyotga qo‘llash orqali xizmat ko‘rsatish jadalligi 23 % va server yuklamalarini muvozanatlash samaradorligini 32 % ga oshishiga imkon bergan;
tizim osti IMS faloliyatini kompleks modeli va ushbu model asosida multiservisli telekommunikatsiya tarmoqlarni loyihalash asoslari Raqamli texnologiyalar vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ” MChJda joriy etilgan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2022-yil 1 noyabrdagi 33-8/7308-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida yaratilgan usul va modellar IP-protokoli asosida multimedia xizmatlarni ko‘rsatish quyi tizimining arxitekturasi va spesifikatsiyasiga qo‘yiladigan umumiy texnik talablarni belgilaydigan normativ hujjatlarni yaratish imkonini bergan.