Jumanazarov Oserbay Seytmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Xizmatlar sohasida sherikchilik aloqalari va mexanizmini takomillashtirish yo‘llari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2902.
Ilmiy rahbar: Salaev San’atbek Kamilovich, iqtisodiuot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Arabov Nurali Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi xizmatlar sohasida sherikchilik aloqalari va mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya hamda takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“sherikchilik aloqalari”, “xizmatlar sohasida sherikchilik aloqalari” tushunchalarining ta’rifi xizmatlar sohasida sherikchilik aloqalarini rivojlantirishning ilg‘or tajribalar va mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish korxonalarida sherikchilik aloqalarining motivatsion mexanizmiga ko‘ra takomillashtirilgan;
xizmatlar sohasida sherikchilik aloqalarini tashkil qilishda qo‘shma korxona, lizing, franchayzing, ousorsing kabi ustuvor yo‘nalishlaridan foydalanish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar sohasining rivojlanganligi bo‘yicha hududlarni tabaqalashgan guruhlarga ajratish takliflari ishlab chiqilgan;
hududda xizmatlar sohasida sherikchilik aloqalarini samarali tashkil qilish muammolarini sotsiologik anketa so‘rovlari asosida baholashga ko‘ra xizmatlar sohasida sherikchilik infratuzilmasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar sohasida yaratilgan qo‘shilgan qiymatning 2027-yilgacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida axborot xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar asosida:
“sherikchilik aloqalari”, “xizmatlar sohasida sherikchilik aloqalari” tushunchalarining ta’rifi xizmatlar sohasida sherikchilik aloqalarini rivojlantirishning ilg‘or tajribalar va mamlakatimizda xizmat ko‘rsatish korxonalarida sherikchilik aloqalarining motivatsion mexanizmiga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklifdan oliy o‘quv yurtlari “Tadbirkorlik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Urganch davlat universiteti 2023-yil 26-iyundagi 91-son buyrug‘i). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda xizmatlar sohasida sherikchilik aloqalarining turli shakllari, tasnifiy xususiyatlari to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishga hamda xizmatlar sohasida sherikchilik aloqalarining iqtisodiy mazmunining konseptual asoslarini rivojlantirish, xizmatlar sohasining o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etgan holda sherikchilik turli mexanizmlarining metodologiyasini chuqur o‘rganishga muayyan darajada imkon yaratgan;
xizmatlar sohasida sherikchilik aloqalarini tashkil qilishda qo‘shma korxona, lizing, franchayzing, ausorsing kabi ustuvor yo‘nalishlaridan foydalanish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar sohasining rivojlanganligi bo‘yicha hududlarni tabaqalashgan guruhlarga ajratish bo‘yicha takliflar Iqtisodiyot va moliya vazirligi amaliyotida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-sentyabrdagi SI/08-02/3742 son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikning amaliyotga joriy etilishi tufayli Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar sohasi rivojlanganligi bo‘yicha hududlarni tabaqalashgan guruhlarga ajratilgan va ushbu xududlarda aholining, xususan tadbirkorlarning milliy, madaniy va ishbilarmonlikka bo‘lgan qiziqishlari hamda yaratilgan sharoitlar asosida xududlarda manzilli rivojlantirish mahalliy dasturlarini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
hududda xizmatlar sohasida sherikchilik aloqalarini samarali tashkil qilish muammolarini sotsiologik anketa so‘rovlari asosida baholashga ko‘ra xizmatlar sohasida sherikchilik infratuzilmasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-sentyabrdagi SI/08-02/3742 son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikning amaliyotga joriy etilishi tufayli Qoraqalpog‘istonda xizmatlar sohasida sherikchilik aloqalarini yanada rivojlantirish muammolarini aniqlash darajasini oshirish, sherikchilik samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha xududiy strategiyaga tegishli tavsiyalar ishlab chiqishga imkon bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar sohasida yaratilgan qo‘shilgan qiymatning 2027-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz qiymatlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan hududni istiqbolda rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 14-sentyabrdagi SI/08-02/3742-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi Qoraqalpog‘istonda 2027-yilga borib hududda xizmatlar sohasining YaHMdagi ulushini 1,6 marta va sohada faoliyat yuritayotgan subektlar sonini 1,4 martagacha oshishiga imkon yaratib, xizmatlar sohasida mulkiy, kadrlar, axborot va sherikchilik infratuzilmaviy mexanizmining rivojlanish samaradorligi, ijtimoiy sug‘urta va tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish