Boyto‘raev Sarvar Abdufozilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Atmosfera havosini yog‘li gazlardan tozalash jarayonini takomillashtirish va yuqori samarali qurilma yaratish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4348.
Ilmiy rahbar: Xurmamatov Abdugaffor Mirzabdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/31.03.2023.T.66.05.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shaxnoza Abduvoxitovna, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Muxtorjon Tojiboevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atmosfera havosini moyli gazlardan tozalash jarayonini takomillashtirish va yuqori samarali qurilma yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
absorbent sifatida ishlatiladigan industrial moylarni texnologik jarayonga qaytarish natijasida absorber qurilmasining energiya iste’molini 45÷55 % ga kamaytirish mumkinligi aniqlangan;
atmosfera havosini moyli gazlardan tozalavchi absorberga yangi konussimon shakldagi nasadkalar blokini o‘rnatish xisobiga uning ish unumdorligini 47,7÷48,0 % ga, gazlarni tozalash samaradorligini esa 20÷30 % ga ortishi isbotlangan;
absorbent va moyli gazlar harorati va sarfining gaz tarkibidagi zararli komponentlarni absorbentga yutilish samaradorligiga, shuningdek, absorbent sathi, qo‘llaniladigan nasadka turlari, o‘lchamlari va sonini qurilmaning gidravlik qarshiligiga ta’siri aniqlangan;
konussimon nasadkalar va I-20 va OE-26 rusumli industrial moylardan foydalanib moyli gazlarni absorbsiya usulida tozalash jarayonining texnologik samaradorligi isbotlangan, shu asosda nasadkali absorberning takomillashtirilgan yangi qonstruksiyasi ishlab chiqilgan;
I-20 va OE-26 rusumli industrial moylardan foydalanib, konussimon nasadkalar vositasida moyli gazlarni absorbsiya usulida tozalash qurilmasi-ning optimal texnologik, konstruktiv va gidrodinamik parametrlari (gaz sarfi Q = 2700 m3/soat, undagi moyli qo‘shimchalar konsentratsiyasi (mg/m3): dastlabki S0 = 120, tozalangandan so‘ng S1 = 2; gaz xarorati 43 oS, gaz tozalash samaradorligi 97÷99 %; qurilmaning gidravlik qarshiligi 311kPa, unga joylashtirilgan nasadkalar soni 414 dona, nasadka qatlami balandligi 1,88 m) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Atmosfera havosini yog‘li gazlardan tozalash jarayonini takomillashtirish va yuqori samarali qurilma yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
konussimon nasadkalar bilan ta’minlangan absorberning tavsiya etilgan yangi konstruksiyasi Namangan «MEXMASh» MChJda amaliyotga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2023 yil 13 noyabrdagi 04/30-4477-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurilmani uzluksiz ishlatish davrini 12 oydan 24 oygacha uzaytirish imkonini beragan;
moyli tutun gazlarini I-20 va OE-26 industrial moylari vositasida absorbsion tozalash jarayoniga takomillashtirilgan konstruksiyali absorberni qo‘llash texnologiyasi Namangan «MEXMASh» MChJda amaliyotga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2023 yil 13 noyabrdagi 04/30-4477-son ma’lumotnomasi). Natijada, industrial moylar vositasida moyli tutun gazlarini absorbsiya usulida tozalash samaradorligi 95% dan 99,01% gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish