Madraximov Shavkat Xalimovichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘quv mashinalari qayishqoq elementli batan mexanizmining konstruksiyalarini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T271.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori sifatli to‘qimalarni olish uchun to‘quv dastgohi asosiy ishchi organi yangi resurstejamkor batan mexanizmi konstruksiyasini ishlab chiqish, kerakli harakat qonunlarini ta’minlaydigan parametrlarini asoslash, assortiment turlarini kengaytirish, sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi mahalliy birikmalar asosida ishchilar maxsus kiyimi uchun himoya qoplamasi yaratilgan (№IAP 05443-2017 y.);
ishchilar ish sharoitini va xavfli ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda maxsus kiyim emirilish topografiyasi (o‘ta kirlangan maydonlar, biroz kirlangan va ishdan chiqqan maydonlar) va ergonomik harakatlar kartasi (egilgan, bukchaygan, o‘tirish, qo‘lni ko‘tarish, yarim o‘tirish va tizzalash) ishlab chiqilgan;
taklif etilgan himoya qoplamasi bilan shimdirilgan paxta tolali gazlama strukturasining o‘zgarishlari infraqizil, ul`trabinafsha spektroskopiya, mikrofotografiya, elektron mikroskopiya, derivatogramma va sorbsion usullarini qo‘llash asosida aniqlangan;
yangi himoya tarkibni qo‘llab, raqobatbardosh maxsus kiyimlar to‘plamining sanoat namunalari yaratilgan.
IV. Ixtiroga patenti: «To‘quv mashinasining batan mexanizmi», №IAP 05491-2015 y.; O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 21 maydagi 01-11/1325-son xulosasi.
V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘quv dastgohiningbatan mexanizmi konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
tarkibida qayishqoq element bo‘lgan rolikli to‘quv dastgohining batan mexanizmi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “Xalimabonu baraka omad” xususiy korxonasiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 23 maydagi DM-184-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarilgan mahsulotni tanda bo‘yicha mustahkamligi 9,95%ga oshishi, bitta dastgoh uchun energiya sarfi soatiga 1,9 kVt dan 1,8 kVt ga kamayishi imkonini bergan;
to‘quv dastgohining yangi samarali har xil bikrlikdagi energiya to‘plovchi prujinali va qayishqoq elementli batan mexanizmi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “Namangan to‘qimachi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 23 maydagi DM-184-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘quv dastgohining mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati oshishi va assortiment turi kengayishiga erishilgan;
to‘quv dastgohining asosiy ishchi qismi bo‘lgan bo‘g‘inlari qayishqoq elementli yangi konstruksiyadagi richagli batan mexanizmi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “Namangan to‘qimachi” mas’uliyati cheklangan jamiyat korxonasiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 23 maydagi DM-184-son ma’lumotnomasi). Natijada dastgohdagi ortiqcha to‘xtalishlarning kamayishi hisobiga ish unumi 5%ga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotdagi nuqsonlarni kamayishi hisobiga sifati 1,1%ga ortishi imkonini bergan.