Ponasenko Andrey Svyatoslavovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qovoqni konvektiv quritish jarayoni va qurilmasini takomillashtirish», 02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3840.
Ilmiy rahbar: Safarov Jasur Esirgapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mannanov Ulug‘bek Vasikovich, texnika fanlari doktori, professor; Kurbanov Jamshed Majidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qovoq mahsulotini konvektiv quritish jarayoni va qurilmasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qovoqni quritish uchun maqbul parametrlar aniqlangan hamda Midilli modeli bo‘yicha har bir parametr (tezlik, harorat va namlik) uchun qovoqni quritishning optimal modeli ishlab chiqilgan;
samarali diffuziya koeffisienti havo harorati 45, 55 va 65 °C bo‘lgan qiymatlarda havo oqimi tezliklari mos ravishda ekanligi aniqlangan;
quritish harorati 65 °C uchun determinatsiya koeffisientining qiymati R2 aniqlangan, standart xatolikning χ2 qiymati Midilli modeliga mos ravishda 0,99, va 0,0001 qiymatlar aniqlangan;
nazariy va tajriba tadqiqotlarning regression tahlilini namlik miqdori bo‘yicha mahsulotni qisqarish samaradorlik qiymatlari natijasida Midilli modeli mos ekanligi aniqlangan;
quritish jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida muqobil energiyadan foydalangan holda ishlaydigan energiya tejamkor konvektiv quritish qurilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qovoqni konvektiv quritish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qovoqni quritish uchun energiya tejamkor texnologiya “Sunny Land Products” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023 yil 17 noyabrdagi 17-98/11-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samarali texnologiyani qo‘llash hisobiga mahsulot ishlab chiqarish 1,1 barobar oshib, xomashyo yo‘qotilishi 9 %ga kamaytirish imkonini bergan;
qovoqni quritish jarayoni uchun aniqlangan optimal parametrlar “Sunny Land Products” MChJda ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023 yil 17 noyabrdagi 17-98/11-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu yuqori samarali usuldan foydalangan holda yakuniy mahsulotning 90-95% biologik faol moddalarini saqlash imkonini bergan;
qovoqni quritish uchun takomillashtirilgan konvektiv quritish qurilmasi va texnologiyasi “Sunny Land Products” MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2023 yil 17 noyabrdagi 17-98/11-23-son ma’lumotnomasi). Natijada, konvektiv usuldan foydalangan holda yuqori samarali energiya tejamkor quritish qurilmasining joriy etilishi va konstruksiyaning maqbul tanlovi tufayli mavjud texnologiya va qurilmalarga nisbatan 1,4 barobar kam energiya sarflash imkonini bergan.