Sattarov Akmaljon Akramjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Turli sohalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan fil`trlovchi buyumlarni metall kukunlarni kiritish usulida olish texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3223.
Ilmiy rahbar: Qarshiev Mamarayim, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: O‘lmasov Tulqin Usmonovich, texnika fanlari doktori; Bozorov Aminjon Nurilloevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli sohalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan fil`trlovchi buyumlarni metall kukunlarini kiritish usulida olish texnologiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta metall kukunlaridan tayyorlangan karkasning g‘ovaklariga qaynayotgan qatlam yordamida kiritiladigan metall kukunlarining optimal o‘lchamlari (200-315 mkm) aniqlangan;
qaynayotgan qatlam usulida kiritish jarayonining optimal texnologik rejimlari (havo bosimi: 120 mm suv ustuni, zarracha tarkibidagi fosfor miqdori 0,22-0,3%) eksperimental ravishda asoslangan;
mahalliy va ikkilamchi xomashyolardan foydalanib, qaynayotgan qatlam yordamida kiritish usulida suyuqlik va gazlarni tozalash uchun samarali FM olishning soddalashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan fil`tr materiallarining ekspluatatsion xususiyatlari an’naviy usulda olingan fil`tr materiallariga nisbatan o‘tkazuvchanligi 1,5 baravar va mexanik mustaxkamligi 2 barobar ortganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Turli sohalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan fil`trlovchi buyumlarni metall kukunlarni kiritish usulida olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan metall g‘ovakli fil`tr elementlar Farg‘ona viloyatidagi “Quvamashtex servis” MTP MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘ZAGROSERVIS” AJning 2023 yil 8 fevraldagi 09-02/102-129-son ma’lumotnomasi). Natijada, olingan fil`tr elementlarning an’anaviy usulda olingan fil`tr elementlariga nisbatan o‘tkazuvchanligini 1,5 baravar, mexanik mustaxkamligini 2 barobarga oshirish imkonini bergan;
katta o‘lchamli metall kukunlaridan yasalgan xom ashyo g‘ovaklariga kichik o‘lchamli metall kukunlarini qaynayotgan qatlam yordamida kiritish texnologiyasi Farg‘ona viloyatidagi “Quvamashtex servis” MTP MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘ZAGROSERVIS” AJning 2023 yil 8 fevraldagi 09-02/102-129-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarish va ekspluatatsiyaga ketadigan sarf-xarajatlarni 20 % ga tejash imkonini bergan.