Uzaydullaev Sherzod Shukurullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Milliy innovatsion tizimning iqtisodiy barqaror rivojlanishida oliy ta’lim va fani yutuqlarining roli», 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.           
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2660
Ilmiy rahbar: Po‘latov Muhiddin Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Tashnazarov Samiddin Nizamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatov Axmadjon Atajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
Oliy ta’lim fan yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq etishni integratsiyalashning innovatsion tizimi mexanizmini yaratishdan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra innovatsion rivojlanish sharoitida “oliy ta’lim muassasasining faol innovatsion muhiti” tushunchasi jamiyat tomonidan iste’mol qilinadigan yangi texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarning yaratilishidagi yangi bilimlarni ishlab chiqishda, saqlashda, tarqatishda va yangi texnologiyalarga aylanishida qatnashadigan oliy ta’lim muassasasi va boshqa ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi ilmiy-tashkiliy munosabat va sharoitlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, innovatsion «spin-off» korxonalari loyihasi yoki yakunlangan ilmiy loyihalar natijasida yaratilgan innovatsion mahsulotlarning sanoatdagi seriyali ishlab chiqarish jarayonini tegishli tarmoq korxonalariga biriktirish orqali rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari mehnat faoliyatini ular tomonidan yangi fundamental bilimlar yaratish (Fb), bilimlarni amaliyotga joriy etish (Ja), innovatsion mahsulotni tijoratlashtirish (Ti) hamda ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish (Oi) bosqichlari bo‘yicha natijalarni [KFb=1,12; KJa=1,21; KTi=1,34; KOi=1,57] o‘sib boruvchi nisbatlarda baholash orqali “fan-ta’lim-ishlab chiqarish” zanjirining to‘liq tsikliga erishishni rag‘batlantirish taklifi asoslangan;
milliy innovatsion tizimning shakllanishida Guliston davlat universiteti hamda Jizzax davlat pedagogika universitetining fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyasini rivojlantirishdagi ishtirokining ekonometrik modeli asosida ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim fan yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etishni integratsiyalashning innovatsion tizimi mexanizmini takomillashtirishga oid ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra innovatsion rivojlanish sharoitida “oliy ta’lim muassasasining faol innovatsion muhiti” tushunchasini jamiyat tomonidan iste’mol qilinadigan yangi texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlarning yaratilishidagi yangi bilimlarni ishlab chiqishda, saqlashda, tarqatishda va yangi texnologiyalarga aylanishida qatnashadigan oliy ta’lim muassasasi va boshqa ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi ilmiy-tashkiliy munosabat va sharoitlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Menejmentga kirish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2023 yil 04 iyuldagi  88-sonli qarori, universitet rektorining 2023 yil 04 iyuldagi 88-36-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda oliy ta’lim muassasasining faol innovatsion muhiti tushunchasi yuzasidan bilimlarni kengaytirish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, innovatsion «spin-off» korxonalari loyihasi yoki yakunlangan ilmiy loyihalar natijasida yaratilgan innovatsion mahsulotlarning sanoatdagi seriyali ishlab chiqarish jarayonini tegishli tarmoq korxonalariga biriktirish orqali rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 18 avgustdagi 4/17-4/4-1792-raqamli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida OTM ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishida ishlab chiqarish bilan klasterli yondashuvlarga asoslangan innovatsion komplekslar tashkil etish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari mehnat faoliyatini ular tomonidan yangi fundamental bilimlar yaratish (Fb), bilimlarni amaliyotga joriy etish (Ja), innovatsion mahsulotni tijoratlashtirish (Ti) hamda ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish (Oi) bosqichlari bo‘yicha natijalarni [KFb=1,12; KJa=1,21; KTi=1,34; KOi=1,57] o‘sib boruvchi nisbatlarda baholash orqali “fan-ta’lim-ishlab chiqarish” zanjirining to‘liq tsikliga erishishni rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 18 avgustdagi 4/17-4/4-1792-raqamli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari faoliyatida yangi fundamental bilimlar yaratish, bilimlarni amaliyotga joriy etish, innovatsion mahsulotni tijoratlashtirish va ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bosqichlarining uzviyligini ta’minlash imkoni yaratilgan;
milliy innovatsion tizimning shakllanishida Guliston davlat universiteti hamda Jizzax davlat pedagogika universitetining fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyasini rivojlantirishdagi ishtirokining ekonometrik modeli asosida ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 18 avgustdagi 4/17-4/4-1792-raqamli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muassasalari ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyati natijalarini tijoratlashtirishning uzoq istiqboldagi asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish va o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish