Rajabova Ra’no Shavkatjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda jismoniy faollikni oshirishga tabaqalashtirilgan noinvaziv yondoshuv», 14.00.06-Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1512.
Ilmiy raxbar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedova Muyassar Gafurjonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kenjaev Majid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: YuIK bilan og‘rigan shahar va qishloq sharoitida yashovchi bemorlarda standart davolash kursi bilan birgalikda olib borilgan jismoniy faollik dasturini ishlab chikish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
YuIK stabil zo‘riqish stenokardiyasi FS II-III bilan og‘rigan qishloq sharoitida yashovchi erkaklarda ayollarga nisbatan jismoniy faollikning yuqoriligi, shahar va qishloqda istiqomat qiluvchi bemorlarning jismoniy holati past va juda past darajadaligi hamda uchta yetakchi xavf omili aniqlangan;
ilk bor stabil zo‘riqish stenokardiyali bemorlarda jismoniy faollikni maxsus va sezuvchanligi yuqori ko‘rsatkichlarga asoslangan holda individual jismoniy faollikni belgilab beruvchi “HealthRunApp” mobil dasturi ishlab chiqilgan;
yaratilgan mobil dasturning samaradorligi ta’sirida past zichlikdagi lipoproteidlar, aterogen apolipoproteidlar va fibrinogen miqdorining kamayishi bilan birga “ODA23+” so‘rovnomasiga ko‘ra harakat faolligini ortishi aniqlangan;
stabil zo‘riqish stenokardiyali bemorlarda standart davolash kursi fonida uzviy bog‘liqligi aniqlangan ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi hisobiga III funksional sinfdan II funksional sinfga o‘tishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 17 yanvardagi 01/061 son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022-yil 30-iyundagi 03-2404-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: YuIK stabil zo‘riqish stenokardiyasi FS II-III bilan og‘rigan qishloq sharoitida yashovchi erkaklarda ayollarga nisbatan jismoniy faollikning yuqoriligi, shahar va qishloqda istiqomat qiluvchi bemorlarning jismoniy holati past va juda past darajadaligi hamda uchta yetakchi xavf omili aniqlandi. Shahar va qishloq sharoitida yashovchi YuIK stabil zo‘riqish stenokardiyasi FS II-III bilan og‘rigan bemorlarda standart davolash kursi bilan birgalikda olib borilgan jismoniy faollik ta’sirida tana vazni ideksi, arterial qon bosimi, jismoniy faollikning ortishiga, hayot sifatining Toshkent viloyati Piskent tumani tibbiyot birlashmasiga 10.06.2023-yildagi 84-sonli buyruq hamda Toshkent shaxri Olmazor tumani 15-son oilaviy poliklinikaga 17.09.2023-yildagi 118-buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YuIK davolashda jismoniy faollikni qo‘llash orqali qisqa muddatda me’yoriy qon bosimi va tana vazniga erishiladi. Bu esa jamiyatdagi YuIKka chalingan bemorlarning turmush tarzi va hayot sifatini yaxshilanishiga olib kelgan. Bu holat masalaning ijtimoiy ahamiyatini ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning hayotiga xavf soluvchi, erta nogironlik va o‘limga olib keluvchi yurak qon-tomir kasalliklarida asoratlarning, qo‘shimcha gipotenziv dorilarga ehtiyojning kamayishiga olib kelib, bu sohada mehnatga layoqatsizlik, nogironlik va davolashga qaratilgan chora-tadbirlarga bo‘lgan talabni kamayishiga olib kelishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Bundan tashqari, arterial qon bosimi amaliyotdan 3 oydan keyin me’yoriy ko‘rsatkichlargacha pasaydi. Bu esa xar oyda gipotenziv dori vositalariga sarflanadigan o‘rta hisobda 136 000 so‘mni tejash imkonini berdi. Xulosa: taklif qilinayotgan jismoniy faollikni joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini har oyda o‘rta hisobda 136 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor Stabil zo‘riqish stenokardiyali bemorlarda jismoniy faollikni maxsus va sezuvchanligi yuqori ko‘rsatkichlarga asoslangan holda individual jismoniy faollikni belgilab beruvchi “HealthRunApp” mobil dasturi ishlab chiqildi. YuIK bilan kasallangan bemorlarda standart davolash kursi bilan birgalikda bemorning antropometrik, gemodinamik, laborator va instrumental tekshiruv natijalari asosida individual jismoniy faollik tanlash imkonini bergani Toshkent viloyati Piskent tumani tibbiyot birlashmasiga 10.06.2023-yildagi 84-sonli buyruq hamda Toshkent shaxri Olmazor tumani 15-son oilaviy poliklinikaga 17.09.2023-yildagi 118-buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YuIK stabil zo‘riqish stenokardiyali bemorlarda standart davolash muolajalari bilan birgalikda olib borilgan yangi «HealthRunApp» dasturi orqali buyurilgan jismoniy faollik ta’sirida lipid spektri ko‘rsatkichlari, antiatergen va aterogen apolipoproteidlar nisbati, fibrinogen miqdorining yaxshilanishi YuIK davolanish samaradorligini ortishiga hamda asoratlarni oldini olishga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: YuIK bilan kasallangan bemorlarda standart davolash kursi bilan birgalikda olib borilgan jismoniy faollik dasturi natijasida bemorlarning 6 oydan keyin lipid almashinuvini me’yoriy ko‘rsatkichlarga yaqinlashishiga va qon tomir ateroskleroz kasalligini bartaraf etilishiga sabab bo‘lib, bemorlarda qo‘shimcha gipolipidemik dori darmonlarga har oyda sarflanadigan 210 000 so‘mni tejash imkonini berdi. Xulosa: taklif qilingan mobil dasturni amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobidan oyiga byudjet mablag‘larini 210 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: yaratilgan mobil dasturning samaradorligi ta’sirida past zichlikdagi lipoproteidlar, aterogen apolipoproteidlar va fibrinogen miqdorining kamayishi bilan birga “ODA23+” so‘rovnomasiga ko‘ra harakat faolligini ortishi aniqlandi. Birlamchi bo‘g‘in muassasalari tomonidan YuIK bilan kasallangan bemorlarda laborator ko‘rsatkichlarni yaxshilash maqsadida individual jismoniy faollikni belgilab berishda tez va samarali usulini tanlash imkonini bergani Toshkent viloyati Piskent tumani tibbiyot birlashmasiga 10.06.2023-yildagi 84-sonli buyruq hamda Toshkent shaxri Olmazor tumani 15-son oilaviy poliklinikaga 17.09.2023-yildagi 118-buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YuIK bilan og‘rigan bemorlarda «HealthRunApp» dasturini qo‘llash orqali 6 oydan keyin bemor yurak qisqarishlar soni, qorincha usti va qorinchalar ekstrasistoliyalari soni, ST segmentining siljish epizodlar sonining ishonchli darajada pasayishiga olib kelgan. Bu esa bemorlarning yurak urib ketishi, ko‘krak qafasida og‘riq, xansirash xurujlarining kamayishiga sabab bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YuIK bilan kasallangan bemorlarda standart davolash kursi bilan birgalikda olib borilgan jismoniy faollik dasturi natijasida bemorlarning klinik belgilarning yaxshilanishiga sabab bo‘lib, bemorlarda antianginal xamda antiagregant dori vositalariga har oyda sarflanadigan 140 000 so‘mni tejash imkonini berdi. Xulosa: taklif qilingan mobil dasturni amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 140 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Stabil zo‘riqish stenokardiyali bemorlarda standart davolash kursi fonida uzviy bog‘liqligi aniqlangan ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi hisobiga III funksional sinfdan II funksional sinfga o‘tishi isbotlandi. Stabil zo‘riqish stenokardiyasi bilan og‘rigan bemorlarga standart davolash kursi fonida buyurilgan individual jismoniy faollik maxsus va sezuvchanligi yuqori ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida bemorlar hayot sifatining xamda bajarilgan ish hajmining ortishiga olib kelishi Toshkent viloyati Piskent tumani tibbiyot birlashmasiga 10.06.2023-yildagi 84-sonli buyruq hamda Toshkent shaxri Olmazor tumani 15-son oilaviy poliklinikaga 17.09.2023-yildagi 118-buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi 6 oy davomidagi uzluksiz olib borilgan jismoniy faollik Stabil stenokardiya kechishiga ijobiy ta’sir qilgan, bemorlarning yurish masofalarini xamda jismoniy yuklamaga tolerantlikni ortishiga, og‘riq xurujlari davomiyligining kamayishiga sabab bo‘lgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda jismoniy faollikning ortishi, ularga kundalik jismoniy faollik dasturining tuzib berilishi, ularning qabul qilayotgan dorilari samaradorligini ortishi, qo‘shimcha dorilar iste’moliga talabning kamayishiga, statsionar davolanishga bo‘lgan ehtiyojining kamayishiga olib keladi. Bu esa har bir bemor uchun yiliga o‘rtacha 3 756 000 so‘mni tejash imkonini bergan. Xulosa: taklif qilingan mobil dasturni amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 3 756 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.