Botirov Farxod O‘ktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Spiral galaktikalar baljining fizik xususiyatlari va vujudga kelishining nazariy jihatlari”, 01.03.02 – Kosmos fizikasi va astrofizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/FM544.
Ilmiy rahbar: Nuritdinov Salaxutdin Nasritdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/05.05.2023.FM.01.18.
Rasmiy opponetlar: Atamurotov Farrux Shuhratovich, fizika-matematika fanlari doktori; Tadjibaev Ikram Uralbaevich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: L.N.Gumilev nomidagi Evraziya Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Spiral galaktikalar baljlarining (SGB) fizik parametrlari orasidagi empirik formulalarni topish, sinflashtirish va spiral galaktikalar baljlarining vujudga kelish nazariyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
1101 ta SGB dan iborat jamlanma katalog yaratilgan va turli xil mualliflar tomonidan aniqlangan usullar hamda kuzatuv ma’lumotlari uchun solishtirma tahlili bajarilgan, baljlarni vujudga kelish nuqtai nazaridan sinflashtirish ishlab chiqilgan;
ilk bor SGB markazidagi qora o‘ra massasi va asosiy fizik xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikning empirik formulalari topilgan;
ilk bor o‘zgravitatsiyalanuvchi disk nostatsionar modelining vertikal tebranishlarining beqarorligi natijasida spiral galaktikalarning baljlari hosil bo‘lishining egrilanish nazariyasi ishlab chiqilgan;
izotrop modelning aylanish parametri bo‘yicha o‘rtachalash usulini qo‘llash orqali anizotrop tezliklar diagrammasiga ega bo‘lgan disksimon o‘zgravitatsiyalanuvchi sistemalar uchun analitik echimini bera oladigan nostatsionar modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
tuzilgan SGB katalogi F2-FA-F029 - “Gravitatsion linzalar, kompakt astrofizik obektlar va nostatsionar disksimon tizimlar fizikasi” mavzusidagi loyiha doirasida, disk shaklidagi galaktikalar galosining xossalarini aniqlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston fanlar Akademiyasi Ulug‘bek nomidagi Astronomiya institutining 2023 yil 24 noyabrdagi №02-09/266 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, galo va balj massalari o‘rtasidagi empirik munosabatni aniqlashga erishilgan;
balj vujudga kelishining egrilanish nazariyasi va balj massasi bilan markaziy qora tuynuk massasi orasida topilgan empirik formula F2-FA-F029 - “Gravitatsion linzalar, kompakt astrofizik obektlar va nostatsionar disksimon tizimlar fizikasi” mavzusidagi loyiha doirasida, spiral galaktikalar galolarining xossalarini o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston fanlar Akademiyasi Ulug‘bek nomidagi Astronomiya institutining 2023 yil 24 noyabrdagi №02-09/266 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar qo‘llanilishi galoga ega disk shaklidagi galaktikalar evolyusiya bosqichlarini tadqiqot qilishga imkon bergan;
baljlarning vujudga kelish nazariyasini tadqiqot qilish uchun tuzilgan model F2-FA-F029 - “Gravitatsion linzalar, kompakt astrofizik obektlar va nostatsionar disksimon tizimlar fizikasi” mavzusidagi loyiha doirasida bajarilgan halqali galaktikalarning vujudga kelish muammosini tahlil qilishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston fanlar Akademiyasi Ulug‘bek nomidagi Astronomiya institutining 2023 yil 24 noyabrdagi №02-09/266 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tebranishning shunday modalari topildi-ki, ularning beqarorligi halqasimon galaktikalarning shakllanishiga olib kelgan.