Muxtorov Alisher Abdugafor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Biologik faol birikmalarning kalamush bosh miyasi sinaptosoma [Ca2+]in dinamikasining o‘zgarishiga ta’sirini o‘rganish», 03.00.03 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/B555.
Ilmiy rahbar: Xoshimov Nozimjon Numonjonovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Shaxmurova Gulnara Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Gayibov Ulugbek Gapparjanovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Karelinia caspia o‘simligining er ustki qismidan ajratib olingan Karalinia va Punica granatum L. anor po‘stlog‘idan ajratib olingan Punitan polifenollarining kalamush bosh miyasi sinaptosomasi membranasidagi Ca2+-transport tizimlariga ta’sir mexanizmlarini aniqlash hamda Alsgeymer kasalligi modellashtirilgan kalamushlarning xulq-atvor reaksiyalarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta Karalinia va Punitan polifenollarining kalamush bosh miyasi sinaptosomalarida [Sa2+]in dinamikasini o‘zgartirishiga ta’sir mexanizmi aniqlangan;
Karalinia polifenoli (10-100 mkM) inkubatsiya qilinganida uning fluoressensiya intensivligi va Ca2+ ionlari uchun membrana o‘tkazuvchanligini oshirishi hamda buning natijasida [Sa2+]in ionlari konsentratsiyasining ortishi aniqlangan;
Punitan polifenoli NMDA-reseptorlarining Mg2+-bog‘lanuvchi saytining uchastkalari uchun raqobatlashish yo‘li orqali kalamush bosh miyasi sinaptosomalarida hujayra ichki kalsiy konsentratsiyasini o‘zgartirishi aniqlangan;
eksperimental modellashtirilgan Alsgeymer kasalligida Karalinia polifenoli glutamat bilan raqobatlashishi asosida nerv hujayralaridagi [Sa2+]in dinamikasini boshqaruvchi ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Karalinia va Punitan polifenollarining kalamush bosh miyasi sinaptosomasidagi [Ca2+]in dinamikasidagi o‘zgarishlarga ta’sirini o‘rganish natijasida olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
Punitan polifenoli ta’sirida kalamush bosh miyasi sinaptosomalaridagi NMDA-reseptorlarini Mg2+ bilan bog‘lanuvchi saytlariga raqobatlashish asosida hujayra ichki kalsiy miqdorini korreksiyalashidan olingan natijalar, Xitoy Fanlar akademiyasining Shinjon fizika va texnika institutining o‘simlik resurslari hamda qurg‘oqchil hududlar kimyosi laboratoriyasining ilmiy loyihalarida polifenollarning farmakologik xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (Xinjiang Technical Institute of Physics and Chemistry CAS, institutining 2023 yil 10 avgustdagi 830011-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurg‘oqchil hududlarda o‘sadigan o‘simliklardagi biologik faol birikmalarning farmakologik xususiyatlarini tavsiflash imkonini bergan;
Karalinia polifenolining sog‘lom va Alsgeymer kasalligi sharoitida L-glutamatga ta’siri orqali possinaptik membranadagi NMDA-reseptorlari faolligini modulyasiya qilishi orqali olingan natijalar Xitoy Fanlar akademiyasining Shinjon fizika va texnika institutining o‘simlik resurslari hamda qurg‘oqchil hududlar kimyosi laboratoriyasining ilmiy loyihalarida polifenollarning farmakologik xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (Xinjiang Technical Institute of Physics and Chemistry CAS institutining 2023 yil 10 avgustdagi 830011-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologik faol birikmalarning glutamat eksaytotoksikligini nazorat qilish mexanizmlarini aniqlashda foydalanish imkonini bergan;
eksperimental neyrodegenerativ holatlarda Karalinia va Punitan polifenollari yordamida hujayra ichki kalsiy konsentratsiyasini possinaptik NMDA-reseptorlari orqali susaytirishi bo‘yicha olingan natijalar Rossiya Federatsiyasining OT BM Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra Surgut davlat universitetining «Texnologii virashhivaniya i izvlecheniya biologicheski aktivnix soedineniy severnix yagodnix kyl`tyr i lekarstvennix trav (YugraBioFarm)» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida polifenollarning biologik faolligini aniqlash va baholashda foydalanilgan (2023 yil 5 oktyabrdagi 03-01/205-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshga bog‘liq kasalliklarda polifenollarning neyroprotektor ta’sir mexanizmlarini yoritish va tabiiy polifenollarning muhim biologik faolligini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish