Mirzaeva Feruza Tilyaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash va ularni kasb-hunarga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish (tayanch-harakat tizimi buzilgan o‘quvchilarni integrativ-modulli yondashuv asosida kasbga tayyorlash misolida)», 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped218.
Ilmiy rahbar: Olimov Qaxramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilyara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Quysinov Odiljon Almurotovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash va ularga kasb-hunar o‘rgatish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning ijtimoiy, psixologik va kasbiy moslashuv muammolariga qaratilgan inklyuziv ta’limning interfaol muloqot, hamkorlik, loyihalash va baholashdan iborat didaktik imkoniyatlari aniqlangan.
jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish modeli maxsus fanlar integratsiyasini ta’minlash orqali ijtimoiy moslashuvni ta’minlashga qaratilgan o‘quv me’yorlari va jarayonlarni optimallashtirish hamda o‘qitish natijalarining tahlili asosida takomillashtirilgan;
jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash o‘quv mazmunining umumdidaktik tamoyillari asosida «Ijtimoiy moslashuv» o‘quv modulining axborot-metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning motivatsion, refleksiv va kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi maxsus fanlarni integrativ-modulli yondashuv va o‘quv modullar orasidagi uzviylikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash va ularni kasb-hunarga o‘rgatish metodikasini takomillashtirish asosida:
jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning ijtimoiy, psixologik va kasbiy moslashuv muammolariga qaratilgan inklyuziv ta’limning interfaol muloqot, loyihalash va baholashdan iborat didaktik imkoniyatlari asosida Ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejining tayanch-harakat tizimi buzilgan o‘quvchilar uchun 3320906–Tikuv va tikuv-trikotaj buyumlari ishlab chiqarish texnik-texnologiyasi va 3320908–Keng assortimentdagi kiyimlar konstruktori kasblari bo‘yicha O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2016 yil 16 avgustdagi 355-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Ijtimoiy moslashuv» o‘quv predmetining namunaviy o‘quv rejasi ishlab chiqilgan va o‘quv amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 89-03-2563-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv rejalari ixtisoslashtirilgan kollejlarda jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash va ularni kasb-hunarga o‘rgatishning integrativ-modulli yondashuv asosida «Tikuv buyumlarni loyihalash va modellashtirish» va «Tikuv buyumlari texnologiyasi» maxsus fanlaridan modulli o‘quv dasturlari va uslubiy ta’minoti ishlab chiqilgan hamda o‘quv amaliyotiga joriy qilingan (O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 89-03-2563-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy ta’minot ixtisoslashtirilgan kollejlarda jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
jismoniy imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning motivatsion, reflektiv va kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha «Kasb ta’limi metodikasi» darsligi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining grifi №192-111, 11.05.2011 y.) hamda «Ijtimoiy moslashuv» o‘quv predmeti elektron o‘quv qo‘llanmasi (04386-raqamli guvohnoma) ishlab chiqilgan va o‘quv amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 89-03-2563-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv materiallar ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlarining o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.