Utambetov Orakbay Polatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soya navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish muddati va mineral o‘g‘itlar me’yorlarini ta’siri (Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx1123.
Ilmiy rahbar: Aytbaev Kuo‘anishbay Djumashovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy−tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sattarov Mas’ud Axtamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xojaligi va agrotexnalogiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlari sharoitida bahorgi va yozgi muddatlarda ekilgan soyaning “To‘maris Man-60” hamda “Oyjamol” navlarini o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga mineral o‘g‘itlar qo‘llash me’yorlarining ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasining sug‘oriladigan o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlari sharoitida asosiy va takroriy ekin sifatida soyaning “To‘maris Man-60” hamda “Oyjamol” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda maqbul ekish muddati va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishning me’yorlari ishlab chiqilgan;
soyaning “To‘maris Man-60” hamda “Oyjamol” navlarini asosiy va takroriy ekin sifatida etishtirilganida, yuqori ko‘chat qalinligiga erishish uchun o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N120R90K60 me’yorlari bilan oziqlantirish yuqori samara berishi aniqlangan;
soya navlarini o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N120R90K60 me’yorlari bilan oziqlantirish asosiy ekin sifatida etishtirilganda “To‘maris Man-60” navida bir o‘simlikda don soni 53,0 donagacha, 1000 dona don vaznini 26,8 grammgacha, “Oyjamol” navida bir o‘simlikda don sonini 49,8 donagacha, 1000 dona don vaznini 25,3 grammgacha, takroriy ekin sifatida etishtilganida esa “To‘maris Man-60” navida bir o‘simlikda don sonini 45,3 grammgacha, 1000 dona don vaznini 27,2 grammgacha, “Oyjamol” navida bir o‘simlikda don sonini 45,3 grammgacha, 1000 dona don vazni 27,2 grammgacha yuqori bo‘lishi isbotlangan;
soya navlarini oziqlantirishda ma’danli o‘g‘itlarning N120R90K60 me’yorlarini qo‘llash don hosilini asosiy ekin sifatida etishtirilganda “To‘maris Man-60” navida 17,5 s/ga gacha, “Oyjamol” navida 16,9 s/ga gacha, takroriy ekin sifatida etishtirilganida “To‘maris Man-60” navida 11,4 s/ga gacha, “Oyjamol” navida 10,9 s/ga gacha yuqori bo‘lishini aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlari sharoitida soya navlarini asosiy va takroriy ekin sifatida etishtirishda mineral o‘g‘itlar qo‘llashning maqbul me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
soya navlarini asosiy va takroriy ekin sifatida etishtirishda mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish yuzasidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlari sharoitida ekilayotgan soya navlarini parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 15 iyundagi №01/02-2185 son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklarida soyaning “To‘maris Man-60” va “Oyjamol” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda muhim ko‘rsatma bo‘lib xizmat qilmoqda;
soyaning “To‘maris Man-60” va “Oyjamol” navlarini asosiy va takroriy ekin sifatida etishtirilganida mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini ishlab chiqish bo‘yicha ishlab chiqarish sharoitida Chimboy tumanida “Oraqbay Polat” fermer xo‘jaligining 8,0 gektar, “Shingisbek Aqilbek” fermer xo‘jaligining 5,0 gektar, “Shimbayli Nurbek” fermer xo‘jaligining 6,0 gektar, jami 19,0 gektar maydonga joriy qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 15 iyundagi №01/02-2185 son ma’lumotnomasi). Natijada soyani o‘suv davrida mineral o‘g‘itlarning N120P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilgan maydonlardan yuqori samaradorlikka erishilgan;
soyaning “To‘maris Man-60” va “Oyjamol” navlarini asosiy va takroriy ekin sifatida etishtirishda mineral o‘g‘itlarning N120P90K60 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirish texnologiyasi Chimboy tumaniga joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 15 iyundagi №01/02-2185 son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali har gektar maydondan asosiy ekin sifatida ekilganida “To‘maris Man-60” navidan 26,2 s/ga, “Oyjamol” navidan 25,1 s/ga, takroriy ekin sifatida ekilganida “To‘maris Man-60” navidan 19,4 s/ga, “Oyjamol” navidan 18,6 s/ga don hosili etishtirilib, rentabellik darajasi asosiy ekin sifatida ekilganida “To‘maris Man-60” navida 20,5 foizga, “Oyjamol” navida 42,4 foizga, takroriy ekin sifatida ekilganida “To‘maris Man-60” navidan 18,7 foizga, “Oyjamol” navida 39,5 foizga ko‘tarilganligi aniqlangan.