Ortiqov Oybek Akbaralievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muayyan xususiyatli kiyimbop to‘qimalarni loyihalash va ularni ishlab chiqarish texnologiyasi», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T282.

Ilmiy rahbar: Daminov Asqarali Davlatovich, texnika fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Xamraeva Sanovar Atoevna, texnika fanlari doktori, professor; Valiev G‘ulam Nabidjanovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: muayyan gigienik xususiyatli to‘qimalarni loyihalash usulini ishlab chiqish va to‘quv dastgohlarida tanda ipi tarangligini muqobillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

to‘quv dastgohida gigienik xususiyatli kiyimbop to‘qimalar ishlab chiqarishning muqobil texnologik parametrlari ishlab chiqilgan;

to‘qima o‘rilishi rapporti doirasida iplar o‘tishlar soni hisobiga har bir ip qisqarishini aniqlash bog‘lanishlari ishlab chiqilgan;

berilgan g‘ovakligini inobatga olgan holda kiyimbop to‘qimalarning tuzilish parametr ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;

kiyimbop to‘qimalarni ishlab chiqarishda to‘qimani eni bo‘yicha tanda iplari taxtlash tarangligining o‘zgarish bog‘lanishlari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

To‘quv mashinalarida yangi tuzilishdagi muayyan xususiyatli kiyimbop to‘qimalar olishni takomillashtirish va resurstejamkor texnologiyalarni yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:

muayyan xususiyatli kiyimbop to‘qimalarni ishlab chiqarishning muqobil texnologik parametrlari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimiga, xususan «Rixsitilla gazmol servis» MChJ korxonasida joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 4 maydagi FJ-14-3435-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida kiyimbop to‘qimalarni ishlab chiqarishdagi iplarni uzilish sonini kamaytirish va dastgoh unumdorligini 4,3% oshirishga imkoniyat yaratgan;

muayyan g‘ovaklik va havo o‘tkazuvchanlikka ega kiyimbop to‘qimalarni loyihalash usuli, yangi kiyimbop to‘qimalar olish texnologiyasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimiga, xususan “Rixsitilla gazmol servis” MChJ korxonasida amaliyotga tadbiq etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 4 maydagi FJ-14-3435-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘quvchilik ishlab chiqarish korxonasida to‘quvchining foydali vaqt koeffisientini 3,2% oshirishga imkon yaratilgan;

kiyimbop to‘qimalarni ishlab chiqarishda to‘quv dastgohida takomillashtirilgan tanda rostlagichi orqali taxtlash eni bo‘yicha tanda iplar tarangligini muqobillashtirish usuli «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimiga, xususan «Orif textile» MChJ korxonasiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 4 maydagi FJ-14-3435-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan kiyimbop to‘qimalarni ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilashga va yuqori sifatga erishish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish