Oliy attestatsiya komissiyasida 2024 yil 12 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash, ularning oldini olish yuzasidan 2024 yil sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi 21-son majlisi bayonida belgilab berilgan vazifalar ijrosi muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul xodimlari hamda tibbiyot fanlari yo‘nalishiga ixtisoslashgan ilmiy kengashlar rahbarlari ishtirok etdi.
Yangi O‘zbekistonda tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar sharoitida sohada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar amaliy samaradorligini oshirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, amaliyotga innovatsion va ilg‘or xalqaro tadqiqot uslublarini keng joriy etish hamda shaffoflikni ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Shunga ko‘ra, yig‘ilishda tibbiyot sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarning dissertatsiyalarini qabul qilishda asosiy e’tiborni ilmiy muammolarning dolzarbligi, ilmiy ishlarning amaliy jihati hamda qo‘yilgan vazifalarning echimiga yo‘naltirilganligini qat’iy nazoratga olish yuzasidan dolzarb vazifalar belgilab olindi.
Bu borada tibbiyot sohasidagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyatini tibbiy sohadagi ilmiy-amaliy muammolar echimiga qaratish choralarini ko‘rishdagi ustuvor vazifalar asosida amaliy tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish so‘nggida Ilmiy kengashlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish, uni nizom talablariga ko‘ra tashkil qilish hamda axborot-tahlil xulosalari bo‘yicha savollarga atroflicha javob olindi.
OAK Axborot xizmati