Ubaydullaev Akmal Tulkinboevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Kichik biznesni mahalliy darajada boshqarishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Namangan viloyati misolida)», 08.00.13 – “Menejment”;
08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1842.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Xonkeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kasimova Fotima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznesni mahalliy darajada boshqarishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
viloyat shahar va tumanlari iqtisodiy salohiyatining turliligi sharoitida muayyan shahar yoki tumandagi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish natijalari tarkibida mahalliy darajada boshqarishning ta’sirini aniqlash uslubini tumanlarning shartli holda bir xil darajaga keltirilgan iqtisodiy salohiyatini hisobga olish asosida takomillashtirish taklifi asoslangan;
tuman va shaharlar darajasidagi mahalliy boshqaruv idoralari va kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga mas’ul tashkilotlar tomonidan hududdagi kichik tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazgunga qadar bo‘lgan faoliyat ko‘rsatishga layoqatlilik darajasini o‘rganish hamda uning maqbul holatini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish taklifi asoslangan;
Namagan viloyatida kichik biznes sub’ektlari faoliyatini mahalliy darajada boshqarishning samaradorligini oshirishda bo‘sh turgan bino-inshootlar va er maydonlarini jalb etish, asosiy kapital qo‘yilmalarni kiritish, aholini ish bilan ta’minlash yo‘nalishlarida boshqaruvning bozor tavsifidagi mexanizmlarini kengaytirish taklifi asoslangan;
Namangan viloyatida kichik biznes sub’ektlarini mahalliydarajada boshqarishning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznesni mahalliy darajada boshqarishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
viloyat shahar va tumanlari iqtisodiy salohiyatining turliligi sharoitida muayyan shahar yoki tumandagi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanish natijalari tarkibida mahalliy darajada boshqarishning ta’sirini aniqlash uslubini tumanlarning shartli holda bir xil darajaga keltirilgan iqtisodiy salohiyatini hisobga olish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 5-fevraldagi 9/05-30-1838-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida shahar yoki tumandagi tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishnatijalari tarkibida mahalliy darajada boshqarishning ta’sirini yanada kuchaytirish
imkoni yaratilgan;
tuman va shaharlar darajasidagi mahalliy boshqaruv idoralari va kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga mas’ul tashkilotlar tomonidan hududdagi kichik tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazgunga qadar bo‘lgan faoliyat ko‘rsatishga layoqatlilik darajasini o‘rganish hamda uning maqbul holatini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 5-fevraldagi 9/05-30-1838-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida hududlardagi kichik tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazgunga qadar bo‘lgan faoliyat ko‘rsatishga layoqatlilik darajasining maqbul holatini ta’minlash orqali sohaning barqarorligiga erishish imkoni yaratilgan;
Namagan viloyatida kichik biznes sub’ektlari faoliyatini mahalliy darajada boshqarishning samaradorligini oshirishda bo‘sh turgan bino-inshootlar va er maydonlarini jalb etish, asosiy kapital qo‘yilmalarni kiritish, aholini ish bilan ta’minlash yo‘nalishlarida boshqaruvning bozor tavsifidagi mexanizmlarini kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 5-fevraldagi 9/05-30-1838-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga qo‘llash natijasida viloyatda kichik biznes sub’ektlari faoliyatiga bo‘sh turgan bino-inshootlar va er maydonlarini jalb etish, asosiy kapital qo‘yilmalarni kiritish, aholini ish bilan ta’minlash yo‘nalishlarida boshqaruvning bozor tavsifidagi mexanizmlarini kengaytirish imkoni yaratilgan;
Namangan viloyatida kichik biznes sub’ektlarini mahalliydarajada boshqarishning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 5-fevraldagi 9/05-30-1838-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatida kichik biznes sub’ektlarini mahalliy darajada boshqarishni ta’minlash natijasida uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanishi asosiy parametrlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.