Nurboev Jaloliddin Mamadievich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ularning samaradorligini oshirish”, 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan  raqam: B2023.3PhD/Iqt3178
Ilmiy rahbar: Nasirxodjaeva Dilafruz Sabitxanovna., iqtisodiyot fanlari doktori, professor  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Mamabetjanov Qaxramon Qurbandurdievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Utanov Bunyod Kuvandikovich, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.       
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “maxsus iqtisodiy zonalar” tushunchasi muayyan hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun yuqori texnologiyalar va ilg‘or boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan hudud hamda unda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi jihatidan takomillashtirilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra hududlarda tashkil etilayotgan maxsus iqtisodiy zonalar uchun muayyan vaqt davomida erishishi lozim bo‘lgan iqtisodiy natijalarning mo‘ljal ko‘rsatkichlarini belgilash hamda tegishli oraliq davrlardagi natijalar asosida maxsus iqtisodiy zonalar bo‘yicha imtiyozlar tarkibiga tuzatishlar kiritib borish orqali hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash hamda raqobatbardoshligini oshirish taklifi asoslangan;
milliy iqtisodiyot rivojlanganligi darajasi va taraqqiyot bosqichlariga muvofiq holda maxsus iqtisodiy zonalarning tadbirkorlik zonalari, hududiy ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, texnologiya va innovatsiyalar, texnoparklar, xizmat ko‘rsatish zonalari kabi turlarini tashkil etishning asosiy xususiyat va tamoyillarini belgilash orqali yuqori iqtisodiy samaraga erishish hamda barqaror faoliyatni ta’minlash asoslangan; 
O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalari eksport hajmiga YaIM deflyatorining ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida maxsus iqtisodiy zonalar eksport hajmining 2028 yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil qilish va ularning samaradorligini oshirish borasida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “maxsus iqtisodiy zonalar” tushunchasi muayyan hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun yuqori texnologiyalar va ilg‘or boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan hudud hamda unda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy tavsifdagi ma’lumotlardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Ekonomicheskaya teoriya” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 26 iyundagi 211-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida “maxsus iqtisodiy zonalar” tushunchasining yuqori texnologiyalar va ilg‘or boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadi hamda ularda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi jihati yuzasidan nazariy bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkoni yaratilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra hududlarda tashkil etilayotgan maxsus iqtisodiy zonalar uchun muayyan vaqt davomida erishishi lozim bo‘lgan iqtisodiy natijalarning mo‘ljal ko‘rsatkichlarini belgilash hamda tegishli oraliq davrlardagi natijalar asosida maxsus iqtisodiy zonalar bo‘yicha imtiyozlar tarkibiga tuzatishlar kiritib borish orqali hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash hamda raqobatbardoshligini oshirishga oid nazariy-uslubiy tavsifdagi ma’lumotlardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Ekonomicheskaya teoriya” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023 yil 26 iyundagi 211-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalarida tegishli oraliq davrlardagi natijalar asosida maxsus iqtisodiy zonalar bo‘yicha imtiyozlar tarkibiga tuzatishlar kiritib borish orqali hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash hamda raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan nazariy bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkoni yaratilgan;
milliy iqtisodiyot rivojlanganligi darajasi va taraqqiyot bosqichlariga muvofiq holda maxsus iqtisodiy zonalarning tadbirkorlik zonalari, hududiy ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, texnologiya va innovatsiyalar, texnoparklar, xizmat ko‘rsatish zonalari kabi turlarini tashkil etishning asosiy xususiyat va tamoyillarini belgilash orqali yuqori iqtisodiy samaraga erishish hamda barqaror faoliyatni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 11 yanvardagi 08-0151-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida  maxsus iqtisodiy zonalarning tadbirkorlik zonalari, hududiy ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, texnologiya va innovatsiyalar, texnoparklar, xizmat ko‘rsatish zonalari kabi turlarini tashkil etishning asosiy xususiyat va tamoyillarini belgilash orqali yuqori iqtisodiy samaraga erishish hamda barqaror faoliyatni ta’minlash borasidagi iqtisodiy tahlillarga ko‘ra “Sharg‘unko‘mir” AJ korxonasida hududiy ko‘mir ishlab chiqarish hajmini 2021 yildagi 275 ming tonnadan 2023 yil yarmiga kelib 297 ming tonnaga etkazish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalari eksport hajmiga YaIM deflyatorining ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida maxsus iqtisodiy zonalar eksport hajmining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024 yil 11 yanvardagi 08-0151-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida maxsus iqtisodiy zonalari eksport hajmiga YaIM deflyatorining ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model tuzish orqali “Sharg‘unko‘mir” AJ eksport hajmining 2028 yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqish hamda korxona faoliyatining asosiy istiqbol ko‘rsatkichlarining muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish