Norboev O‘razali Muratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
    

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ishchi kuchidan foydalanish holatining statistik tahlili (Jizzax viloyati ma’lumotlari asosida)” 08.00.08 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan  raqam: B2022.2.PhD/Iqt2171.
Ilmiy rahbar: G‘oyibnazarov Bahodir Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori,  professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar:Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xo‘jaqulov Xayitmurod Djovlievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hududlarda ishlab chiqarishni ishchi kuchi bilan samarali band qilish yo‘llarini statistik tahlil qilish va istiqbollarini prognozlash yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xalqaro tavsiyalar va xorijiy tajribalardan kelib chiqib,  hududlarda ishchi kuchidan foydalanish holati, unga ta’sir qiluvchi omillar, tamoyillar va mezonlar tizimli ravishda ilmiy tadqiq etilib,  statistik ko‘rsatkichlar tizimi taklif etilgan; 
Jizzax viloyatida ishchi kuchidan samarali foydalanish, uning shahar va tumanlari kesimida rivojlanish tendensiyalarini ko‘p omilli statistik  tahlil qilish asosida ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;  
viloyatning tuman va shaharlari kesimida aholi bandligini statistik  hisobga olish tizimini tadqiq etish maqsadida qisman kuzatish (anketa so‘rovnomasi, monografik kuzatish) usullarini qo‘llash hisobiga  statistik kuzatishlar o‘tkazilib, hududlarda ishchi kuchi salohiyatidan foydalanish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan;
viloyatdagi mehnat resurslarining ish bilan bandlik holatini ekonometrik modellari tuzilgan va o‘rta muddatli statistik prognozlari (2023–2027 yy) ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholi bandligi va ishchi kuchi salohiyatini zamonaviy statistik uslublaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xalqaro tavsiyalar va xorijiy tajribalardan kelib chiqib,  hududlarda ishchi kuchidan foydalanish holati, unga ta’sir qiluvchi omillar, tamoyillar va mezonlar umumlashgan holatda hisobga olinib, ishlab chiqilgan statistik ko‘rsatkichlar tizimi Jizzax viloyati hokimligining  amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Jizzax viloyati hokimligining 2023 yil 15 iyuldagi 02-840–sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar hududlarda ishchi kuchidan foydalanish va mehnat samaradorligini xalqaro andoza va tamoyillar asosida statistik baholash imkoniyatlarini oshirgan;
Jizzax viloyatida ishchi kuchidan samarali foydalanish, uning shahar va tumanlari kesimida rivojlanish tendensiyalarini ko‘p omilli tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 31 avgustdagi 01/00-02/07-8218–sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar hududlarda ishchi kuchi salohiyatidan samarali foydalanish, ularni tuman va shaharlar kesimida  ko‘p omilli tahlil qilish hamda kompleks baholashga imkon bergan;
viloyatning tuman va shaharlari kesimida aholi bandligini statistik  hisobga olish tizimini tadqiq etish maqsadida qisman kuzatish (anketa so‘rovnomasi, monografik kuzatish) usullarini qo‘llash hisobiga  statistik kuzatishlar o‘tkazilib, hududlarda ishchi kuchi salohiyatidan foydalanish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 31 avgustdagi 01/00-02/07-8218–sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar hududlarda ishchi kuchi salohiyatidan foydalanishni qisman kuzatish usullaridan foydalanish hisobiga statistik axborotlar bazasini takomillashtirish imkoniyatlarini yaratgan;
viloyatdagi mehnat resurslarining ish bilan bandlik holatini baholashning ekonometrik modellari va tuzilgan o‘rta muddatli statistik prognozlari (2023-2027 yy) O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023 yil 31 avgustdagi 01/00-02/07-8218-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa istiqbolda hududlarda ishchi kuchi salohiyati va samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini statistik baholash hamda barqaror rivojlantirish uchun maxsus dasturlar, “yo‘l xaritalari” va chora tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyatlarini kengaytirgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish