Burxonov Xurshid Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Asfalt-beton zavodlaridan ajralib chiqadigan chang-gazlarni tozalash usullarini tadbiq etish”, 05.09.03 – “Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2955.
Ilmiy rahbar: Boboeb Sobirjon Muradullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarov Zafar Xaydarovich - Toshkent agrar instituti professor, texnika fanlari doktori, (05.09.03).
Abdullaev Qulmamat Yusupovich -Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Mexanika muxandisligi” kafedrasi dosenti, texnika fanlari nomzodi (05.09.03).
Yetakchi tashkilot–Jizzax politexnika instituti,
II. Tadqiqotning maqsadi asfalt-beton zavodlaridan ajralib chiqadigan zararli moddalar miqdorini aniqlash, chang-gaz tozalash uskunasining ish samaradorligini oshirish, chang-gaz tozalash usullarini tadbiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqodning ilmiy yangiligi:
atmosferaga tashlanayotgan chang-gazlarning miqdorini kamaytirish va chang-gaz tutgich uskunaning samaradorligini oshirishda, uskuna fil`tr qismiga adsorber xususiyatli to‘ldiruvchi materiallarni qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
havo quvurlarida harakatlanayotgan chang-gaz aralashmasini tutib qolish samaradorligining oshirilishi, chang-gaz oqimining sirtga urilish kuchlari ta’sirida pastga cho‘kish jarayonining tezlashishiga bog‘liqligigi matematik modeli yordamida isbotlangan;
asfal`t zavodlarda atmosferaga tashlanadigan tashlamalarning miqdorini kamaytirishda chang-gazlarni tutib qoluvchi energiyatejamkor texnologik uskuna yaratilishi natijasida chang-gaz aralashmasini tutib qolish samaradorligi 97,7 % ga oshirilganligi isbotlangan;
chang tutgich uskunaning ushlab qolish samaradorligi yuqoriligiga erishish qo‘llaniladigan fil`tr materialning xususiyatlariga bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Asfal`t-beton zavodlaridan ajralib chiqadigan zararli moddalarni chang-gaz tozalash uskunasining ish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dissertatsiya ilmiy natijalari Samarqand yo‘llardan muntazam foydalanish UK asfal`t-beton zavodida ishlab chiqarish sexida malakali xodimlar ishtirokida amaliyotda sinab ko‘rilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 05.01.2023 yildagi 02-28 sonli ma’lumotnomasi). Natijada atmosferaga tashlanayotgan chang-gazlarni tutib qolish samaradorligini 97,7 % gacha oshirish imkonini bergan;
konstruktiv chang-gaz tutgich uskunasi Samarqand yo‘llardan muntazam foydalanish UK asfal`t-beton zavodida ishlab chiqarish sexida amaliyotda sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 05.01.2023 yildagi 02-28 sonli ma’lumotnomasi). Natijada atmosferaga tashlanadigan chang-gaz aralashmasini tutib qolish 10,6 % ga oshganligini imkonini bergan;
chang tutgich uskunaning ushlab qolish samaradorligi yuqoriligiga erishish qo‘llaniladigan filtr materialning xususiyatlariga bog‘liqligi Samarqand yo‘llardan muntazam foydalanish UK asfal`t-beton zavodida amaliyotda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 05.01.2023 yildagi 02-28 sonli ma’lumotnomasi). Natijada sinov o‘tkazilgan manbada chang-gaz miqdori 5,19 t/yiligi kamaygan va 592,94 mln. so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.