Shaimov Komiljon Mirzakabulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Issiqlik va massa ko‘chishi masalalari uchun matematik modellar va hisoblash algoritmlari”, 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T1577
Ilmiy rahbar: Xujaev Ismatulla Kushaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamadiev Abdivali Shukurovich fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Daliev Sherzod Qarshievich, texnika fanlari falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi filtratsiya jarayonlari va gidrodinamika masalalarini echish uchun to‘g‘ri chiziqlar usulining algoritmlarini ishlab chiqish va amaliyotga qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kesma boshida birinchi va oxirida uchinchi turdagi chegaraviy shartlar berilganida matematik fizikaning chiziqli tenglamalarini echish uchun to‘g‘ri chiziqlar usuli ishlab chiqildi; 
Dirixle masalasini echishning to‘g‘ri chiziqlar usuli asosida chegaraviy shartlarning ixtiyoriy kombinatsiyasi va tarkibli chegaraviy shartlar uchun matematik fizika tenglamalarini birinchi tartibli aniqlikda echish algoritmi yaratildi; 
chiziqli Darsi qonuni asosida quduqlar galereyasi masalasi ikki o‘lchovli qo‘yilishida matematik modeli va echish uchun to‘g‘ri chiziqlar usulining modifikatsiyasi taklif etildi; 
to‘g‘ri chiziqlar usulini qo‘llab, oqim chizig‘i funksiyasi va bosim tenglamalarini echishda iteratsiya usulidan foydalanilmasdan to‘g‘ri to‘rtburchak sohada yopishqoq suyuqlik (Nave-Stoks) tenglamalarini echish uslubiyati ishlab chiqildi. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Issiqlik va massa ko‘chishi masalalari uchun matematik modellar va xisoblash algoritmlarini ishlab chiqish asosida olingan natijalar: 
ixtiyoriy chegaraviy shartlar kombinatsiyasida issiqlik uzatish masalalarini echish uchun ishlab chiqilgan sonli algoritm va dasturiy vositadan Samarqand viloyat “Issiqlik manbai” DUKda issiqlik uzatilishi jarayonini jadallashtirish va uning ko‘rsatkichlarini bashoratlash maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 25 oktyabrdagi № 04/01-5302-sonli ma’lumotnomasi). Natijada issiqlik uzatish jarayonini tashqi muhit haroratini hisobga olish orqali optimallashtirish, mavjud muhandislik hisoblariga ketadigan vaqt va mehnat sarfini 20-25 %ga kamaytirish, issiqlik uzatish jarayonini jadallashtirish va tekis taqsimlanishini ta’minlash hisobiga issiqlik energiyasi sarfini 2-3 %ga qisqartirish imkonini bergan; 
tarkibli chegaraviy shartlar holida issiqlik almashinuvi masalalarini echish uchun yaratilgan algoritmdan “SAM TEX PROECT” MChJda issiqlik uzatilishi jarayonini jadallashtirish va uning ko‘rsatkichlarini bashoratlash maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2022 yil 25 oktyabrdagi № 04/01-5302-sonli ma’lumotnomasi). Natijada muhandislik hisoblariga ketadigan vaqt va mehnat sarfini 25-30 %ga kamaytirish, issiqlik uzatish jarayonini jadallashtirish va tekis taqsimlanishini ta’minlash hisobiga issiqlik energiyasi sarfini 2-5 %ga qisqartirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish