Ibragimov Axadjon Odiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta tozalagichni ishchi organlarini takomillashtirish orqali mahsulotni sifatini oshirish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3993
Ilmiy rahbar: Axmedxodjaev Xamit Tursunovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar:Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor;Umarov Akmal Akparalievich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: paxtani yirik iflosliklardan tozalash mashinasini takomillashtirib tozalash samaradorligini oshirish va chiqindida paxta bo‘laklari miqdorini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxta xomashyosini yirik iflosliklardan tozalash mashinasining ta’minlash valiklari oraliq masofalarining asoslangan o‘lchamlariga ega va regeneratsiya arrachali barabanidagi kolosnikli panjaraning ikki yon qismini kichraytirish bilan chiqindiga paxta o‘tishini kamaytiruvchi paxta tozalagich konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
paxta oqimini arrali barabanga bir tekisda uzatilishini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan valiklar paxta oqimining yo‘nalishini teng taqsimlashda valiklarni burchak tezliklarini qiymatlari asosida paxta bo‘lakchasining dekart koordinatalar sistemasi bo‘ylab harakat tezligi aniqlangan;
paxta bo‘lakchasini ta’minlovchi valigining lopast sirtidagi harakati valikning aylanish chastotasi va chiziqli tezligiga bog‘liqlik tenglamasi har bir ta’minlovchi valiklarning tezliklari  ,  , va bosim   uchun ishlab chiqilgan;  
ko‘p omilli tajribaga asosan paxta tozalagichining maqbul parametrlari bo‘lgan ta’minlagich roliklarining oraliq masofasi L=135 mm, ikki chekka kolosnikning oraliq masofasi h=22 mm va tozalagichning ish unumdorligi Pt=6,0 t/soat ga teng bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishi natijasida taklif etilgan texnologik mashina ishlab chiqarishga tavsiya etilgan:
takomillashtirilgan paxtani yirik iflosliklardan tozalash mashinasi «Paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tasarrufidagi Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi “FERGANA SPINNING” MChJ. QK klasteriga qarashli paxta tozalash korxonasiga ishlab chiqarishga joriy etildi (“Paxta to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yildagi № 03/22-854 sonli ma’lumotnomasi).
Paxtani yirik iflosliklardan tozalash uskunasining ta’minlash tizimini va regeneratsiya arrachali barabanning kolosnikli panjarasini takomillashtirishdan va unda yuqori va past navli paxta xomashyosini tozalashda tozalash samaradorligini oshishi ChX-5 tozalagichining mavjud konstruksiyasiga nisbatan 8,2-9,5 % ga yuqorilagan, paxta xomashyosini tozalash samaradorligining oshishi sababli undan olinadigan tola mahsulotining sifat ko‘rsatkichlari 0,1% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish